O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Zohidov Tesha Zohidovich

    Zohidov Tesha Zohidovich(10.05.1906, Qoʻqon - 22.08.1981, Toshkent) - Oʻzbekistonda zoologiya fani tashkilotchilaridan biri, Oʻzbekiston FA akademigi (1952), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1947), biologiya fanlari doktori (1948), professor (1949). O’rta Osiyo universitetini tugatgan (1931). Shu universitet rektori (1932, 1941, 1950 - 1951). Oʻzbekiston FA Zoologiya va parazitologiya instituti direktori(1946 - 1950), Oʻzbekiston FA prezidenti (1952 - 1956). Asosiy ishlari umurtqali hayvonlarni oʻrganishga, zoologiya fanini targʻibot qilishga bagʻishlangan. Qizilqum umurtqali hayvonlarining faunistik tarkibi va ekologiyasini oʻrgangan. “Zoologiya ensiklopediyasi” (1-4-jildlar, T., 1957 - 1979) asari uchun Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati unvoniga sazovor boʻlgan (1971).



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar85



Filologiya5