O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Zohidov To‘lqinjon To‘xtasinovich

Zohidov To‘lqinjon  To‘xtasinovichTarix fanlari nomzodi, dotsent

     1951 yil 18 fevralda Rishton shahrida tavallud topdi. 1968 yilda Rishtondagi 1 - o‘rta maktabni oltin medal bilan tamomlab, Farg‘ona davlat pedagogika instituti tarix - geografiya fakultetiga o‘qishga kirdi va oliygohni imtiyozli diplom bilan tugatdi.
    Ilk bor mehnat faoliyatini Rishton tumanidagi 27 - o‘rta maktabda o‘qituvchilikdan boshladi. 1974 - 1979 yillarda Farg‘ona davlat pedagogika institutida faoliyat yuritib, yoshlar tashkilotiga bosh - qosh bo‘ldi. 1980 yildan boshlab O‘zbekiston tarixi kafedrasi katta o‘qituvchisi vazifasida ishlash bilan birga, O‘zR FA Tarix instituti aspiranturasida sirtdan tahsil oldi.
    Tinimsiz ilmiy izlanishlar 1984 yilda o‘z samarasini ko‘rsatdi. T.Zohidov O‘zR FA akademigi, tarix fanlari doktori, professor RXAminova ilmiy rahbarligida “O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi kadrlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarixi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1985 yili fan nomzodi ilmiy darajasiga, 1989 yili dotsent ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi. Hozirgacha uning O‘zbekiston tarixining dolzarb muammolariga bag‘ishlangan 30 dan ortiq ilmiy, ilmiy - uslubiy va 100 ga yaqin tarixiy - ommabop maqola va ocherklari chop etilgan.
    U katta o‘qituvchi (1979 - 1984), tarix - pedagogika fakulteti dekani (1984 - 1987), O‘zbekiston tarixi kafedrasi mudiri (1987 - 1990), katta ilmiy xodim (1988 - 1990), keyinchalik FarDU O‘zbekiston tarixi kafedrasi dotsenti (1990 - 1994) vazifalarida ishladi. 1995 - 2000 yillarda tadbirkorlik bilan mashg‘ul bo‘lgan.
    Tashkilotchiligi va tajribasini hisobga olib, 2000 yilning avgustida T.Zohidovni Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi Farg‘ona shahar bo‘limiga rahbarlik lavozimiga tavsiya etdilar. U ushbu lavozimda o‘n yildan ortiq jo‘shqin faoliyat olib bordi. 2010 yildan to nafaqaga chiqqunga qadar viloyat pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida “Ijtimoiy fanlar va ma’naviyat asoslari” kafedrasi mudiri va dotsenti lavozimida mehnat faoliyatini davom ettirdi.
    T.Zohidovning mehnatlari hukumatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. U ikki marotaba O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i, shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi” nishoni bilan mukofotlangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga binoan ta’sis etilgan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 10 va 20 yilligi esdalik nishonlari bilan taqdirlangan.
    Mazkur kitobni nashrga tayyorlail jarayonida ijodiy guruh a’zolari hamda ko‘plab hamyurtlarining risoladagi ma’lumotlarga ilova tariqasida To‘lqinjon Zohidovlar oilasi haqida qisqacha ma’lumot berilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi, degan takliflarini inobatga olib, quyidagilarni havola etishni lozim topdik.
    Darhaqiqat, Rishton tumanida “Zohidovlar oilasi”, “Zohidovlar sulolasi” kabi e’tiroflar tez - tez quloqqa na - linadi. Bu bejiz emas. To‘lqinjonning otasi To‘xtasin hoji (1918 - 2011) va onasi Zuhraxon aya (1926 - 2015) xalq maorifi jonkuyarlaridan bo‘lib, Ikkinchi Jahon urushi, urushdan keyingi qiyinchilik davrlari mashaqqatlarini boshdan kechirgan, o‘z halol mehnatlari bilan el - yurt o‘rtasida munosib obro‘ qozongan edilar. Shunday ma’rifatli va ma’naviyatli oilada kamol topgan To‘lqinjon Zohidov turmush o‘rtog‘i
    Adolatxon opa bilanuch farzandni tarbiyalab, voyaga yetkaz - di. Adolatxon Zohidova 1975 yilda Fargona davlat pedagogika institutini tugatib, Farg‘ona tumanidagi maktabda biologiya fanidan o‘qituvchilik qildi. Ko‘p yillar davomida viloyat iqtidorli bolalar fizika - matematika maktab - internatida oliy toifali o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritgan.
    Oilaning to‘ng‘ich farzandi Zafarjon FarDUda tahsil oldi. Davlat granti asosida Buyuk Britaniyadagi Reding universiteti magistraturasida o‘qib, jahonning eng nufuzli bankva investitsiya fondlarida faoliyat yuritdi. Prezidentimiz ta’sis etgan “Buyuk kelajak” dasturi ekspert a’zosi sifatida O‘zbekistonimizning yanada ravnaq topishiga o‘zining kamtarona hissasini ko‘shib kelmoqda. Ikkinchio‘g‘li Sayidjon ham FarDUda tahsil olib,o‘z sohasi bo‘yicha faoliyat yuritmoqda, ingliz tilida erkin gaplasha oladi. Kenja farzandi G‘olibjon Farg‘ona shahridagi 2-maktabni tamomlab, davlat granti asosida Buyuk Britaniyadagi Reding    universitetida bakalavriatda o‘qishga sazovor bo‘ldi. Hozirda O‘zbekistondagi yirik kompaniyalaridan birida mehnat faoliyatini davom ettirmoqda.
    Olti nabiraning bobosi To‘lqinjon Zohidovo‘z oilasida ilm - fan va ma’rifatga mehr - muhabbat muhitini yarata olgan. Ana shumuhit natijasio‘laroq, bosh nabirasi Guljahon London (Buyuk Britaniya) shahridagi iqtidorli bolalar kollejida tahsil olib, 2017 yilda London shahri miqyosida o‘tkazilgan fan olimpiadasida matematika yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib bo‘ldi, 2018 yili esa Buyuk Britaniyadagi nufuzli universitet (opyop 1trepa 111 tueg 5Iu)bakalavriatiga o‘qishga qabul qilindi.
    Bularning barchasi oiladagi ma’rifiy muhit, ilmga ishtiyoq, olimlikka bo‘lgan havas, yurt ravnaqi yo‘lida barcha mashaqqatlarni yengib, xalq xizmatida bo‘lish orzu - maqsadlarining in’ikosidir.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5