O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Zohidova Mavlyuda Abdukarimovna

    O‘zbekiston Milliy universitetining yetuk olimalaridan yana biri fizika - matematika fanlari nomzodi Zohidova Mavlyuda Abdukarimovna 38 yillik tajribaga ega mohir pedagog hamdir. U 1978 yilda Toshkent Davlat universitetining (hozirgi O‘zMU) Fizika fakulteti “Radiofizika” kafedrasini tugatdi. Hozirda ana shu fakultetda o‘z ilmiy - pedagogik faoliyatini davom ettirmoqda.
    U o‘zining mehnat faoliyatini O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi “Yadro fizika” institutida kichik ilmiy xodim lavozimida boshladi. 1979 - 1986 yillar davomida Rossiya Fanlar Akademiyasining nufuzli ilmiy dargohlaridan biri “Umumiy fizika” institutida (Moskva, IOFAN) Nobel mukofoti laureati, akademik A.M. Proxorov rahbarligidagi laboratoriyada ilmiy izlanishlar olib bordi va aspiranturada o‘qib, “Shisha sirtida joylashgan brom molekulalariga lazer nurining rezonans ta’siri” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiya ishini himoya qilib, fizika - matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi.
    Mavlyuda Zohidovaning ilmiy yo‘nalishi “Lazer nuri ta’siridagi rezonans geterogen jarayonlarni o‘rganish”ga bag‘ishlangan. Ilmiy - tadqiqot ishlari bilan xalqaro byudjetlarda: INTASning “O‘simliklardagi fotosintez jarayoniga kurg‘oqchilikning ta’sirini fluorestsent metod bilan o‘rganishga” bag‘ishlangan byudjetida (2010 - 2013), Shvetsariyaning YeTN Politexnika institutining olimlari bilan birgalikda (2006-2008), ONTSning “Nur tolali masofani o‘lchagich” yaratishga bag‘ishlangan byudjetida (2007 - 2009) va O‘zbekiston - Hindiston olimlari bilan tuzilgan 1998 - 2005 yillardagi ilmiy - tadqiqot ishlari dasturida va O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining muhim tadqiqotlari byudjetlarida faol ishtirok etgan.
    U o‘zining  ilmiy darajasini  dunyoning  nufuzli  oliygoxlarida : Koreya  Respublikasining  “Jeonbuk”  institutida (2002) Shvetsariyaning Federal Politexnika institutida (2008), Hindistonning xalqaro hamkorlik bo‘yicha ITYeS dasturi doirasida Dehli texnologik institutining (1997) tajriba oshirish markazlarida tajribasini oshirgan.
    Olima dunyoning nufuzli jurnallarida, ilmiy to‘plamlarida 40 dan ortiq maqolalar, 3 ta o‘quv qo‘llanma chop etgan va 30 dan ortiq xalqaro anjumanlarda ma’ruzalari bilan ishtirok etgan.
    Mavlyuda Abdukarimovna 1989 yildan buyon  O‘zbekiston Milliy universiteti fizika  fakultetida ilmiy faoliyatini davom ettirish bilan birgalikda yosh avlodni tarbiyalashga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. U o‘zining ilmiy - pedagogik faoliyati jarayonida kimyo, matematika va geologiya fakulteti bakalavriat talabalariga umumiy fizika fanidan yetarlicha ilmiy-nazariy va o‘qitishning ilg‘or uslublarini qo‘llagan holda ma’ruzalar o‘qiydi va amaliy mashg‘ulotlar olib boradi. U izlanuvchan va talabchan pedagog sifatida universitet va fakultet professor - o‘qituvchilari jamoasi va talabalari o‘rtasida alohida hurmat - e’tiborga ega.
    U 2000 - 2013 yillar davomida fizika fakulteti “Kasaba uyushmasi”ga raislik qildi va fakultet “Olima” ayollar uyushmasi raisi sifatida bir necha yillardan beri faoliyat olib bormoqda.
    Mavlyuda Zohidova yetuk pedagog, har ishda tashabbuskor va yaxshi tashkilotchi hamda o‘ziga topshirilgan vazifalarni mas’uliyat bilan bajaradi.    



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5