Biologiya fanlari nomzodi
1979 yil 12 iyunda Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tug‘ilgan. 2001 yilda Farg‘ona davlat universitetining ekologiya va tabiatdan foydalanish yo‘nalishi bakalavriaturasini hamda 2003 yilda odam va hayvonlar fiziologiyasi mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Bakalavriaturada Ibn Sino, Ulug‘bek nomidagi davlat stipendiyalari va magistraturada O‘zbekiston Respublikasi Prizidenti stipendiyasi sohibi bo‘lgan.
Islomjon Zokirov 2009 yilda “O‘zbekiston lyaxnina (Homoptera, Lachninae) shiralari (hayot tsikli , etologiyasi, gazlar almashinuvi)” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
2001 - 2011 yillarda zoologiya kafedrasi o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi, univenrsitet ilmiy bo‘limi muhandisi, xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i , tibbiyot - geografiya fakulteti dekani lavozimlarida ishladi. 2013 - 2014 yillarda universitet yosh olimlar Kengashi raisi va Farg‘ona viloyat oliygohlari negizida tashkil etilgan Yosh olimlar kengashi raisi sifatida ham faoliyat olib bordi. 2015 yilga qadar zoologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritdi.
2006 yilda “O‘zbekiston belgisi” nishoni bilan taqdirlangan.
2015 yildan Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputati sifatida faoliyat olib bormoqda.
I. Zokirov xorijiy nashrlarda 71 ta ildmiy va 20 dan ortiq ommabop maqolalar chop ettirgan. Shuningdek ,10 ta o‘quv - uslubiy ko‘rsatma va 2 monografiya hammualifidir. 2010 yilda Janubiy Koreyaning Seul shahrida (Seul Milliy universiteti) hamda 2011 yilda Xitoyning Shanhay universitetida malaka oshirib qaytgan.