O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Zokirov Muhtorali Turdaliyevich

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent

    1963 yil 30 yanvarda  Farg‘ona viloyati  Rishton  tumanida  tug‘ilgan. 1980 yili Rishton  tumanidagi  27 - umum ta’lim   maktabini  bitirib,  Toshkent davlat  universiteti  sharqshunoslik  fakultetining  fors tili  va  adabiyoti   yo‘nalishiga   o‘qishga kirgan.
  1986 - 1991 yillari  Rishton  tumanidagi 27 - umumta’lim  maktabida  o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. 1991 yildan beri  Farg‘ona  davlat universitetida  faoliyat  ko‘rsatmoqda.
  M. Zokirov  xorijiy filologiya  fakulteti  sharq tillari kafedrasida  1991 - 1996 yyillari  o‘qituvchi lavozimida, 1996 - 1997 yillari katta o‘qituvchi, 1997 - 2002 yillari o‘zbek  filologiyasi  fakulteti  nutq madaniyati  kafedrasi  katta  o‘qituvchisi, 1999 - 2001 yillari o‘zbek filologiyasi fakulteti  ma’naviy - ma’rifiy ishlari bo‘yicha, 2004 - 2014 yillari filologiya fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2002 yildan beri tilshunoslik kafedrasida “Fors tili”, “Antik va klassik tilshunoslik”, “Kompyuter lingvistikasi”, “O‘zbek tilshunosligi tarixi” kabi fanlardan talabalarga saboq berib kelmoqda.
  M. Zokirov 2007 yili filologiya fanlari doktori M. Hakimov rahbarligida “Lingvistik interferentsiya va uning o‘zbek - tojik bilingvizmida namoyon bo‘lishi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan hamda unga Uzbekistan Respublikasi OAKning 2007 yil 25 oktyabrdagi qarori bilan filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasi berilgan.
  M. Zokirov tomonidan respublika ilmiy jurnallari va to‘plamlarida 50 dan ortiq ilmiy - uslubiy maqola e’lon qilingan. Bir necha bor respublika hamda xalqaro ilmiy anjumanlarida o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etgan.
  2010 yili umumta’lim maktablari o‘qituvchilari uchun “O‘quvchilar nutqini rivojlantirishda sinfdan tashqari ishlar” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi “Farg‘ona” nashriyoti tomonidan chop etilgan.
  Uning rahbarligida 2004 - 2005 o‘quv yilida ingliz tili yo‘nalishi talabasi H. Qodirov Navoiy nomli davlat stipendiya sovrindori bo‘lgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya80