Filologiya fanlari nomzodi, dotsent
1963 yil 30 yanvarda Rishton shahrida tug‘ilgan. 1980 yili tumandagi 27 - umumta’lim maktabini bitirib, Toshkent davlat universiteti sharqshunoslik fakultetining fors tili va adabiyoti yo‘nalishiga o‘qishga kirgan.
U 1986 - 1991 yillari Rishton tumanidagi 27 - umumta’lim maktabida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. 1991 yildan beri Farg‘ona davlat universitetida faoliyat ko‘rsatmoqda.
M. Zokirov xorijiy filologiya fakulteti sharq tillari kafedrasida 1991 - 1996 yillari o‘qituvchi lavozimida, 1996 - 1997 yillari katta o‘qituvchi, 1997 - 2002 yillari o‘zbek filologisi fakulteti nutq madaniyati kafedrasi katta o‘qituvchisi vazifalarida, 1999 - 2001 yillari o‘zbek filologiyasi fakulteti ma’naviy - ma’rifiy ishlari bo‘yicha, 2004 - 2014 yillari filologiya fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimlarida ishladi. 2002 yildan beri tilshunoslik kafedrasida “Fors tili”, “Antik va klassik tilshunoslik”, “Kompyuter lingvistikasi”, “O‘zbek tilshunosligi tarixi” kabi fanlardan talabalarga saboq berib kelmoqda.
M. Zokirov 2007 yili filologiya fanlari doktori M. Hakimov rahbarligida “Lingvistik interferentsiya va uning o‘zbek - tojik bilingvizmida namoyon bo‘lishi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Unga O‘zbekiston Respublikasi OAKning 2007 yil 25 oktyabrdagi qarori bilan filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasi berilgan.
M. Zokirov tomonidan respublika ilmiy jurnallari va to‘plamlarida 50 dan ortiq ilmiy - uslubiy maqola e’lon qilingan. Bir necha bor respublika hamda xalqaro ilmiy anjumanlarda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etgan.
2010 yili umumta’lim maktablari o‘qituvchilari uchun “O‘quvchilar nutqini rivojlantirishda sinfdan tashqari ishlar” nomli o‘quv - uslubiy qo‘llanmasi “Farg‘ona” nashriyoti tomonidan chop etilgan.