Nodira Zokirova 1975 yilda tug‘ilgan. 1997 yilda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetini imtiyozli diplom bilan tugallagan.
N. Zokirova 2001 yilda “Aholishunoslik va mexnat iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik ishini muvaffaqiyatli ximoya qildi.
N. Zokirova G. V. Plexanov nomli Rossiya Iqtisodiyot Akademiyasining Toshkent shaxridagi filiali “Mexnat iqtisodiyoti va boshqaruv” kafedrasida dotsent vazifasini bajarmoqda. Ushbu dargohda 1998 yildan boshlab ilmiy - pedagogik faoliyat ko‘rsatib kelmoqada. U “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi”, “Personalni boshqarish”, “Personalni ichki firma boshqaruvi” fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni muvaffaqiyatli olib boryapti. Mehnat faoliyati davomida jamoa orasida o‘zini ijobiy tomonlari bilan ko‘rsata bildi, malakasini, siyosiy, iqtisodiy va ilmiy - nazariy saviyasini oshirish ustida qat’iyat va sabr - toqat bilan ishladi.
Nodiraxon “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi” darsligining va bir necha o‘quv - qo‘llanmalarning muallifidir.
N. Zokirova bir necha xalqaro va Respublika ilmiy - amaliy konferentsiyalarida, ko‘plab ilmiy tadqiqotlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Shu bilan birga u filialning “Nazariy - uslubiy seminar”i a’zosi sifatida talaba yoshlarga ilmiy maslahatlar beradi va muhokamalarda faol qatnashadi. Yosh olima o‘z atrofiga o‘zi singari ilmga chanqoq yoshlarni birlashtira olgan. Umrning mazmuni nimada deya so‘rasalar, Nodiraxon hech ikkilanmay baxtli oila, sevimli ish va oliy orzularda, deya javob bersa kerak. Chunki u shunga intiladi va albatta, niyatlariga erishadi. Bunga shubha qilmasa ham bo‘ladi.