Yurtimizdagi shifokor olimlar orasida Zoxidova Mashkura Ziyamatovaning nomi alohida tilga olinadi. Chunki bu ayol 35 yildan buyon tibbiyotimiz rivojiga o‘zining samarali hissini qo‘shib kelayotir. Olima ayol faqat O‘zbekistonda emas, balki xorijiy yurtlarda ham o‘zining ilmiy va ijodiy ishlari bilan tanilgan. Masalan u 1999 yilda chet elda “Yillning eng yaxshi ayoli” nomi bilan mashxur bo‘lgan. Bundan tashqari xorijiy yurtlardagi ko‘plab loyihalarda yetakchi va ishtirokchi sifatida qatnashgan. Xalqaro anjumanlarga o‘z taklif mulohazalari va maruzalarini taqdim etgan. Bir so‘z bilan aytganda Mashkura Ziyamatona ajoyib tashkilotchi, tadbirkor, yetarli darajadagi malakali notiq va liderlik xususiyatiga ega bo‘lgan ayollardan biridir.
Mashkura Zoxidova 1948 yilda Toshkent viloyatining Pskent tumanida tug‘ilgan.Maktabni alo baholar bilan tamomlagach, 1972 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutining davolash fakultetiga o‘qishga kiradi. Institutni imtiyozli tugatib, 1972 - 1974 yillarda anesteziologiya va reanimatologiya bo‘yicha klinik ordinaturani o‘tadi. 1974 - 1983 yillarda respublika jarroxlik ilmiy markazida ilmiy xodim sifatida faoliyat ko‘rsatdi. 1984 - 2003 yillarda esa 2 - ToshMI ichki kasalliklar propedevtika kafedrasi assistenti, so‘ngra dotsenti, keyinchalik professori bo‘ldi. Doktorlik ishini himoya qilgach, 2003 yildan buyon Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida umumiy amaliyot shifokori kafedrasining mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Olima jamoat ishlarida ham faol qatnashadi. U goxida xotin - qizlar qo‘mitasida yetakchi, goxida esa yuzlab yosh shifokorlarning ustozidir. Shuningdek shaxar va qishloqlarda xizmat safarlarida bo‘lib , aholiga tibbiy maslaxatlari bilan ko‘maklashadi. Navro‘z va barcha milliy bayramlarimizni sermazmun qilib o‘tkazishda bosh - qosh bo‘ladi. Keyingi yillarda “Salomatlik 1,2” loyixalari bo‘yicha ijodiy izlanib, yosh shifokorlar bilan shu xususda davra suhbatlari o‘tkazib boradi.
Bundan tashqari hukumatimizning sog‘liqni saqlashga oid farmon va qarorlari, salomatlik bo‘yicha isloxatlarni amalga oshirish va bu borada yosh kadrlar salohiyatini yuqori darajaga ko‘tarish hamda ularning bilimu tajribasini mustahkamlash borasidagi Mashkura Ziyamatovaning xizmatlarini alohida takidlash joiz. Yana shuni ham aytish kerakki, olima yurtimizdagi juda ko‘plab shifokorlarning ardoqli ustoziga aylanib qolgan.
Mashkura Zohidova barchaga hushmuomila, o‘zi ham, fikri ham go‘zaldir. Umr yo‘ldoshi bilan mazmunli umr kechirib, ikki farzandni tarbiyala, Yu ulg‘aytirishdi. Ayni paytda ular jamiyat xizmatini ado etishmoqda.