O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Zuhra Jandarovna

Zuhra  Jandarovna    Tomchi bo‘lmoqlikka roziman agar,
    Bitta giyoh uchun kerak bo‘lolsam.
    Dunyoda yashamoq bekordir bekor,
    Sahro - yu cho‘llarda izsiz yo‘t olsam...
  Darhaqiqat, shoir aytgandek, bir inson qalbiga ezgulik urug‘ini qadash, unga ilm berish, yaxshiliklar sari chorlash, ustoz maqomiga ega bo‘lish yaxshiliklarning yaxshisi, ulug‘i bo‘lsa kerak. Bunday insonlarning umri ham bejiz ketmaydi. Chunki, ular tomchi emas obihayot bo‘lib ilmga chanqoq dillarga kirib boradilar, o‘zlaridan yorqin iz - yetuk va bilimli shogirdlar qoldiradilar.
  Ana shunday ustoz olimalardan Toshkent Pediatriya Tibbiyot instituti Neonatologiya kafedrasi dotsenti, tibbiyot fanlari doktori Rahmonqulova Zuhra Jandarovnadir. U tibbiyot sohasida ham amaliy, ham nazariy faoliyati, ilmiy ishlari, iqtidori bilan ko‘zga ko‘ringan olima ayollardan. 1979 yilda O‘rta Osiyo Pediatriya Meditsina instituti (Hozirgi Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti) ni tugatib, ushbu institutning Markaziy ilmiy - tadqiqot laboratoriyasiga katta laborant lavozimiga qabul qilingan.
  Zuhra Rahmonqulova 1985 yildan 1990 yilgacha ushbu laboratoriyada kichik ilmiy xodim, 1990 - 1995 yillarda 5 - sonli bolalar kasalliklari kafedrasida assistent, 1995 - 1997 yillarda ushbu kafedrada dotsent lavozimida, 1997 yildan xozirgi vaqtgacha neonatologiya kafedrasida ishlab kelmoqda.
  Zuhra  Jandarovna 1988 yilda O‘rta Osiyo Meditsina Pediatriya instituti (Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti)da “Kliniko - immunologichskaya xarakteristika detey pervogo goda jizni rodivshixsya ot mnogorajavshix materey” nomli nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.
  Olima “Vnutriutrobnme infektsii u novorojdennix: kliniko - immunologicheskiye mexanizm, kriterii prognoza, lecheniye” nomli doktorlik dissertatsiyasini 2012 yil 4 mayda yoqladi.
  Nashrdan chiqqan umumiy ilmiy ishlar soni 140 ta, shundan 2 tasi darslik, 4 tasi o‘quv qo‘llanma; 15 tasi uslubiy qo‘llanmalar; 52 tasi ilmiy maqolalar.
  Zuhra Rahmanqulova ishlagan davr davomida intizomli, mas’uliyatni to‘la his qiladigan, o‘quv mashg‘ulotlarini yuqori darajada va zamonaviy talablarga mos ravishda olib boruvchi xodim. Muntazam ravishda chaqaloqlar patologiyasi bo‘limida maslahatlar berib boradi. Respublika sanitar aviatsiyasi chaqiruvi bo‘yicha viloyatlarga xizmat safarlariga borib turadi.
  Tibbiyot fanlari doktori, yetuk olima, qo‘li yengil shifokor Rahmanqulova Zuhra Jandarovna kafedra jamoat ishlarida faol ishtirok etib, hozirgi vaqtda kafedrada o‘quv ishlariga mas’ul dotsent.
  Zuhra Rahmanqulova oilali, ikki farzandning onasi, qator nabiralarning buvijonisi.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5