O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Abdirov Charjau Abdirovich

Abdirov Charjau Abdirovich (1933.20.12, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak shaharchasi - 1997.3.7, Nukus) - mikrobiolog olim. O‘zbekiston FA akademigi (1989), Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1979). Tibbiyot fanlari doktori (1973). Toshkent tibbiyot institutini bitirgach (1955), shu institut mikro-biologiya kafedrasining assistenti (1958-1961), O‘zbekiston Respublikasi FA Qoraqalpog‘iston filialida katta ilmiy xodim (1961-1969), O‘zbekiston Teri-tanosil kasalliklari instituti Qoraqalpog‘iston filiali direktori (1969), Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri (1969-1976), Nukus davlat universiteti rektori (1976-1985), O‘zbekiston FA klinik va eksperimental tibbiyot institutida bo‘lim mudiri va direktor (1985-1997). Asosiy ilmiy ishlari mikrobiologiya va immunologiya masalalariga bag‘ishlangan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati va Oliy Majlisning Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi raisi (1994-1997).



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

img

Качество поверхностных вод низовьев Амударьи в условиях антропогенного преобразования пресноводного стока

       В монографии обобщаются сведения об основных водоисточниках низовьев Амударьи, делается попытка дать оценку качества поверхностных вод для различных видов  одопользования.

      Для гидрохимиков, гидрологов, экологов, специалистов, работающих в сфере охраны внешней среды.

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar20



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar70



Filologiya5