Aziz Po‘latovich Qayumov qalbidagi adabiyot cho‘g‘i u kishining padari buzrukvori Po‘latjon Qayumovdan o‘tgan. Po‘latjon Qayumov Qo‘qonda XX asrning boshidanoq ma’rifatparvar, adabiyot bilimdoni, tadqiqotchisi, nozikta’b muallim sifatida tanilgan. Azizxon Qayumov ana shu inson xonadonida 1926 yil 19 yanvarda tug‘iladi. Bolalik yillaridanoq ulug‘ shoirlar, ma’rifatparvarlar, shoirlar, yozuvchilar, o‘qituvchilar suhbatidan bahramand bo‘lib boradi. Shuning uchun mumtoz adabiyotga, she’riyatga muhabbat juda erta uyg‘ondi va bolakayni o‘z sehriga oladi. Aziz Qayumov mumtoz adabiyot ta’sirida ancha erta she’r yoza boshlaydilar. Mumtoz adabiyot ta’sirida muxammaslar bitadi. Dastlabki Navoiy g‘azaliga muxammasi 16 yoshida yoziladi. Aziz Qayumov avval Qo‘qon neft-gaz texnikumida o‘qiydi, keyinchalik Toshkentga kelib, hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetining sharqshunoslik fakultetida ta’lim oladilar. Fakultetni tugatganidan to hozirgi kunga qadar ilm bilan , shu bilan birgalikda rahbarlik ishlari, jamoat ishlari bilah shug‘ullanadilar. Shu kunga qadar ko‘plab ilmiy xodimlar – fan nomzodlari, fan doktorlarini yetishtirdilar, shogirdlari orasida akademiklar, davlat arboblari mavjud. Ular filologiya fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofotining laureati, Respublika Fanlar Akademiyasining akademigi, ham shoirdirlar. Aziz Po‘latovich Qayumov ko‘p yillar davomida Hukumatning mas’ul lavozimlarida – bo‘lim boshlig‘i, ilmiy tekshirish institutlariining direktori, rektor, kino, madaniyat hamda san’at sohasida vazir o‘rinbosari, vazir kabi vazifalarda ishlab jamiyatimizning rivoji uchun xizmat qildilar. Muhimi, yuzlab ilmiy maqolalarning, ko‘plab ilmiy, ma’rifiy asarlarning muallifi, to‘plamlarning muharriri, noshiri, tarjimoni, targ‘ibotchisi sifatida nafaqat o‘zbek fani va adabiyotining, balki jahon fanining ham rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shib kelmoqda. Ayniqsa, Alisher Navoiy merosini avaylab, asrab, uni xalq ongiga singdirishda, targ‘ib qilishda mehnatlari katta. Hozirgi zamon kitobxonining Navoiy asarlarini tushunishlari uchun ularning ilmiy tanqidiy matnlarini, sharhlarini, ilmiy talqinlarini umri davomida yaratib keldilar.
Biobibliografiyasi