O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Bobojonova Dilorom Bobojonovna

Tarix fanlari doktori, professor D. B. Bobojonova
1952-yilning 25-oktyabrida Xorazm viloyatida tugʻilgan. Millati oʻzbek. 1977-yilda Toshkent davlat universiteti (OʻzMU)ning tarix fakultetini tugatgan.

1989-yilda “Oʻzbekiston yengil sanoatini rivojlantirishda qardosh respublikalar ishchilar sinfining hamkorligi (XX asrning 70-yillari)” mavzusida tarix fanlari boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasini, 1997-yilda “Oʻzbekistonda millatlararo munosabatlarning ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari (1970-1985-yillar)” mavzusida tarix fanlari boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Hozirgi kunda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining “Oʻzbekiston tarixi va huquq asoslari” kafedrasi professori lavozimida ishlaydi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi ijroiya qoʻmitasi raisining mafkuraviy, tashviqot-targʻibot ishlari boʻyicha oʻrinbosari, Toshkent shahar Kengashi huzuridagi “Siyosiy taʼlim markazi” rahbari. 2006-yilda “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 15 yilligi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

10 dan ziyod shogirdlari boʻlib, ular ichida 6 nafari fan nomzodi ilmiy darajasini olgan.

“Oʻzbekistonda millatlararo munosabatlar”, “Oʻzbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar”, “Oʻzbekistonda demografik jarayonlar” mavzulari olimaning ilmiy yoʻnalishi hisoblanadi.

130 dan ortiq ilmiy va oʻquv-uslubiy ishlari mavjud.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar65



Tabiiy fanlar15



Filologiya10