O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Kobziyeva Olga Petrovna

Tarix fanlari doktori O.P.Kobzeva 1975-yil 11-noyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati rus. 1999-yili Toshkent davlat universitetining tarix fakultetini tamomlagan. Olima 1998-yilda universitet aspiranturasiga sirtdan qabul qilinib, tarix fakulteti “Oʻzbekiston tarixi” kafedrasida faoliyatini oʻqituvchi sifatida boshladi. 2001-yilda “Velikiy Shelkoviy put: problemi nauchnoy periodizatsii i istoki izucheniya yevropeyskimi uchenimi vo vtoroy polovine XIX-nachale XX v.v.” mavzuda nomzodlik, 2010-yilda “Velikiy Shelkoviy put: analiz problem i perspektiv izucheniya” mavzuida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan. 2004-yildan dotsent unvoniga ega boʻlgan. O.Kobzeva 80 dan ortiq ilmiy maqolalar va ikki monografiya muallifi. Uning ilmiy maqolalari Rossiya, XXR, Qozogʻiston, Turkmaniston va Qirgʻiziston kabi xorijiy davlatlarida ham chop etilgan. U OʻzFA Sharqshunoslik instituti qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi va Ixtisoslashgan kengash aʼzosi. Xalqaro lingvistik akademiyasi (Bornmut, Angliya, 2004) diplomi sohibasi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya10