Tarix fani doktori, professor B.A.Koshanov 1958-yil 2-iyun kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoraoʻzak tumanida tavallud topgan. Millati qoraqalpoq. 1980-yilda Qoraqalpoq davlat universitetining tarix fakultetini tamomlagan. Olim 1988-yilda «Страницы организации Туркестанской АССР - как исторический источник (1918-1922 гг.).)» mavzusida nomzodlik, 1995-yilda «Деятельность туркестанских больш евиков
1917-1922 годах: миф и истина » mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan. Uning rahbarligi ostida 11 nafar shogirdi fan nomzodi ilmiy darajasiga sazovor boʻlgan. Hozirda Qoraqalpoq davlat universiteti «Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston tarixi» kafedrasi professori lavozimida ishlamoqda. XX asr 20-30 yillari Qoraqalpogʻiston va Oʻzbekiston tarixi masalalari ustida tadqiqotlar olib bormoqda. Bir qator respublika va xalqaro miqyosdagi anjumanlar ishtirokchisi. 300 ga yaqin ilmiy, oʻquv-uslubiy ishlar muallifi.