O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Kdirniyazov Muhammad Shirin

Tarix fanlari doktori, professor M.Kdirniyazov 1950-yil 30-mart kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumanida tavallud topgan. Millati qoraqalpoq. Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti va Moskva davlat universitetini tamomlagan. Olim 1980-yili «Goroda Zolotoy Ordi Nijneamudari» mavzusida nomzodlik, 2005-yili «Kultura Xorezma va XIII-XIV vv.» mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan. M.Kdirniyazovning 10 dan ziyod shogirdlari fan nomzodi ilmiy darajasiga sazovor boʻlgan. Arxeologiya sohasida koʻplab tadqiqotlar amalga oshirgan. Qator respublika va xalqaro anjumanlar ishtirokchisi. 100 dan ziyod ilmiy ishlari bor. Jumladan: «XIII-XIV asr Xorazm shaharlari moddiy madaniyati», 1989 (rus); «Oltin Oʻrda va Orol boʻyi madaniyati», 1995 (qq); «Oʻrta asr Xorazm shaharsozlik madaniyati. XII-XIV asr». Samarqand, 2007, 2009, (rus); «Oʻrta asrlardagi Mizdaxkan», Samarqand, 2010, (rus). Oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar: «Orol boʻyi arxeologiyasi». Temir asri, 1989 (rus); «Xorazm oʻrta asr shaharlari boʻyicha yozma manbalar va tadqiqotlar», 1993 (qq), «Oʻrta Osiyo arxeologiyasi», 2003, 2006 (kk); «Oʻrta asrlardagi Xorazm shaharsozlik madaniyati», 2007 (oʻzb.); «Amir Temur va temuriylar davri Xorazm madaniyati», 2009 (oʻzb.).



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar40



Tabiiy fanlar50



Filologiya5