O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Qosimov Anvar Mahmudovich

Tarix fanlari doktori, professor A.M.Qosimov 1936-yil 13-aprelda Andijon shahrida tugʻilgan. Millati oʻzbek. 1958-yilda ToshDUning sharq fakultetini tamomlagan. Olim 1958–1962-yillarda Moskvadagi sobiq SSSR FA Sharqshunoslik instituti aspiranturasida tahsil olgan. 1962-yilda “Janubiy Hindistonning XVIII asrdagi tarixi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi. 1963–1965-yillar mobaynida OʻzFA Sharqshunoslik institutida ilmiy xodim boʻlib xizmat qilib, 1965-yildan ToshDU qoshidagi chet ellik studentlar uchun moʻljallangan fakultetida dekan lavozimida faoliyat koʻrsatadi. Keyingi yillar u davlat tashkilotlarida xizmat qiladi. 1971–1973-yillar davomida A.Qosimov Moskva diplomatiya akademiyasida tahsil koʻradi. A.Qosimov 1973–1974-yillarda Birlashgan Millatlar Tashkilotida masʼul kotib vazifasida xizmat qiladi. 1974–1978-yillarda esa, Turkiyadagi Sovet elchixonasida birinchi kotib, soʻngra maslahatchi lavozimlarida ishlaydi. 1978–1979-yillarda sobiq ittifoq Tashqi ishlar vazirligida maslahatchi vazifasida ishladi. 1979-yildan Oʻzbekiston kompartiyasi markaziy qoʻmitasida masʼul lavozimlarda xizmat qildi. A.Qosimov 1988-yilda Moskva davlat pedagogika institutining ilmiy kengashida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1967-yilda olimga dotsent va 1991-yilda professor ilmiy unvonlari berilgan. 1991-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutining xalqaro munosabatlar kafedrasiga mudir etib saylangan. A.Qosimov urdu, turk va ingliz tillarini mukammal biladi. Olim Turkistonda tashkil etilgan Xoʻja Ahmad Yassaviy nomli xalqaro qozoq-turk universitetining faxriy professori. A.Qosimov respublika jamoat ishlarida ham faol qatnashib kelmoqda. Uning bevosita tashabbusi bilan Oʻzbekistonda “Turk madaniyati markazi” tashkil qilingan. Oʻzbekiston-Turkiya doʻstlik jamiyatining vitse-prezidenti. A.Qosimov 100 dan ortiq maqolalar, monografiya va ilmiy toʻplamlar muallifi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar75



Tabiiy fanlar5



Filologiya10