O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Abduhalimov Baxrom Abduraximovich

Tarix fanlari doktori B.A.Abduhalimov 1959-yil 27-fevralda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati oʻzbek. 1976-1981-yillarda Toshkent Davlat universitetining sharqshunoslik fakultetida tahsil olgan.

Olim 1981-1983-yillarda Liviya davlatida tarjimon sifatida faoliyat boshlagan. 1983-1985-yillari Respublika qishloq xoʻjaligi vazirligi yetakchi iqtisodchisi lavozimida ishlagan B.A.Abduhalimov 1985-yildan - 2011-yilga qadar oradagi maʼlum tanaffuslar bilan Oʻzbekiston Respublikasi FA Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida faoliyat koʻrsatib kelgan. 2003-2004-yillarda Toshkent xalqaro Vestminster universiteti prorektori, 2004-2006-yillarda FA Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti direktori lavozimida ishlagan.

2006-2008-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi boʻlgan. 2008-2011-yillarda yuqorida nomi qayd etilgan institut direktori, 2011-yilardan to hozirgi vaqtgacha Oʻzbekiston FA ijtimoiy-gumanitar fanlar yoʻnalishi boʻyicha vitse-prezident lavozimida faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

Maʼlumoti boʻyicha filolog-sharqshunos boʻlgan B.A.Abduhalimov arab va ingliz tillarini mukammal egallagan. 1994-yili “Kashf az-zunun” Xadji Xalifi kak istochnik po istorii tochnix nauk Maverannaxra i Xorasana” mavzusida nomzodlik, 2001-yili “Bayt ul-hikma” va Oʻrta Osiyo olimlarining Bagʻdoddagi ilmiy faoliyati” mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan. Respublika va xalqaro miqyosida ilmiy anjumanlar ishtirokchisi. Oksford Islom tadqiqotlari markazi va Janubiy Koreyada malaka oshirgan. Quvayt davlatining “Imom Buxoriy avlodlariga” mukofoti bilan taqdirlangan (2004-yil). 5 nafar shogirdi ilmiy-tadqiqotlar ustida ish olib bormoqda. Ulardan 1 nafari fan nomzodi dissertatsiyasini himoya qilgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar15



Ijtimoiy-gumanitar fanlar60



Tabiiy fanlar15



Filologiya10