O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Abdullayev Ulugbek Saydanovich

Tarix fanlari doktori U.S. Abdullayev 1956-yilning 8-avgustida Andijon viloyati, Jalalquduq tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Olim 1983-yilda ToshDU (hozirgi O‘zMU)ning tarix fakultetini tamomlagan. 1983-1984-yillarda O‘zR FA Tarix institutida katta laborant bo‘lib ishlagan. 1984-1986-yillarda stajyor-tadqiqotchi sifatida SSSR FA Mikluxo-Maklay nomidagi Etnografiya institutida tahsil olgan. 1986-1990-yillarda O‘zR FA Tarix instituti aspiranturasida o‘qib, 1990-1991-yillarda shu institutning kichik ilmiy xodimi, 1991-1992-yillarda ilmiy xodim lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. U.S. Abdullayev 1992-yilda “Farg‘ona vodiysi qishloq joylarida an’anaviy va zamonaviy etnoslararo aloqalar” mavzusida nomzodlik, 2006-yilda esa “Farg‘ona vodiysida etnoslararo jarayonlar (XIX-XX asr boshlari)” mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan. 1992-1999-yillar mobaynida Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutida (sobiq AIBI) o‘qituvchi, katta o‘qituvchi lavozimida ishlagan. Hozirda Andijon mashinasozlik institutida prorektor lavozimida ishlamoqda. 70 dan ortiq ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar nashr etgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar70



Tabiiy fanlar5



Filologiya20