O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Abdunabiyev Abdulla Gulomjon

Tarix fanlari doktori, professor
A.Gʻ.Abdunabiyev 1928-yil 25-anvarda Toshkent shahrida ishchi oilasida tavallud topgan. 2008-yil 9-avgustda vafot etgan. A.Gʻ.Abdunabiyev 1950-yilda Oʻrta Osiyo davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning tarix fakultetini tamomlagan.

Olim 1953-yildan boshlab Oʻzbekiston Madaniyat vazirligining oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlari boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlay boshlagan.

A.Gʻ.Abdunabiyev 1959-yilda Guliston tumani ijroiya qoʻmitasi raisi etib saylandi. Shu yilning iyun oyida Mirzachoʻl shahar ijroiya qoʻmitasi raisi etib tayinlandi. 1961-yil Yangiyoʻl tumani ijroiya qoʻmitasi raisligiga, 1963-yil sentyabrda Sirdaryo viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimiga saylandi. 1966-yil may oyida A.Gʻ.Abdunabiyev yangi tashkil etilgan Sirdaryo pedagogika instituti rektori etib tayinlandi. 1961-yildan boshlab Toshkent davlat universiteti (OʻzMU)da katta ilmiy xodim sifatida faoliyat koʻrsatgan.

1970-yil sentyabr oyidan boshlab Toshkent Oliy partiya maktabi kafedra mudiri lavozimiga tayinlandi. 1983-yil iyul oyidan boshlab A.Gʻ.Abdunabiyev Toshkent elektr aloqa instituti (hozirgi TATU) “Oʻzbekiston tarixi” kafedrasi mudiri lavozimida ishladi. 1992-yildan to umrining soʻnggi kunlarigacha shu kafedrada professor lavozimida mehnat qilgan.

1965-yilda “Qoʻriq yerlarni oʻzlashtirish borasida partiya faoliyati (1956-1964-y.)” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 1971-yilda esa “Rivojlangan sotsializm davrida Oʻzbekiston irrigatsiyasini rivojlantirishda partiya faoliyati” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Mustaqillik davrida esa Oʻzbekiston Respublikasi “Shuhrat” medali sohibi boʻlgan. Davlat arbobi sifatidagi xizmatlarini ilmiy faoliyat bilan birga olib borib, “Respublikada xizmat koʻrsatgan fan arbobi” unvoniga sazovor boʻlgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar75



Tabiiy fanlar10



Filologiya5