O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Agzamxodjayev Saidakbar Saidovich

Tarix fanlari doktori, professor S.S.Agzamxodjayev 1953-yil 2-mayda Andijon shahrida tavallud topgan. Millati oʻzbek. 1977-yilda Toshkent davlat universiteti Sharq fakultetining arab boʻlimini tugatgan.

Olim 1977-1989-yillarda u OʻzFA Tarix institutida ilmiy xodim lavozimida ishlagan. 1974-1976 va 1980-1983-yillar davomida ikki marotaba Iroq Respublikasida arab tilidan tarjimon sifatida xizmat safarida boʻlgan.

U 1988-yil “Uzbekistan v sotrudnichestve SSSR s razvivayushchimisya stranami Azii i Afriki v oblasti zdravooxraneniya (1961-1985 gg.)” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

1989-1993-yillarda Moskva va Toshkentda doktoranturani oʻtadi.

1993-1994-yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik institutining tarix fakultetida, 1994-1997-yillarda esa OʻzR FA Tarix institutida katta ilmiy xodim lavozimida faoliyat koʻrsatdi.

1996-yilda “Turkiston Muxtoriyati: borba za svobodu i nezavisimost (1917-1918 gg.)” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, 2002-yilda professor ilmiy unvonini olgan.

S.S.Agzamxodjayev 1997-1999-yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Tarix, falsafa va madaniyatshunoslik” kafedrasi dotsenti va “Jahon ijtimoiy-siyosiy tarixi” kafedrasi mudiri boʻlib ishlagan.

1999-2008-yillarda Toshkent Islom universiteti “Islom tarixi va falsafasi” fakulteti dekani, Maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha prorektor, “Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” hamda “Dinshunoslik” kafedralari mudiri, 2008-yildan to hozirgi vaqtgacha Toshkent Islom universitetida “Tarix” kafedrasi mudiri lavozimida ishlamoqda.

2006-yilda “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 15 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar15



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar10



Filologiya5