Tarix fanlari doktori, professor Axundjanov Erkin Odilovich 1946-yil 31-oktabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 1960-yilda Moskva poligrafiya institutini tamomlagan.
Turkiston (O‘rta Osiyo) kitobat madaniyati tarixi (yozuv madaniyati tarixi, kitob nashriyotchiligi va qo‘lyozma kitoblar ko‘paytirilishi, kutubxonachilik, bibliografiya, kitob savdosi, qo‘lyozma, toshbosma va bosma kitoblar repertuari tarixi) olimning ilmiy yo‘nalishi hisoblanadi.
Turkiston (O‘rta Osiyo) kitobat madaniyati tarixini o‘rganish ilmiy maktabini yaratgan. “O‘zbekiston SSRda kitob nashriyotchiligining qad ko‘tarishi va rivojlanishi (Asosiy davrlari va yetakchi tamoyillari)” mavzusida nomzodlik, “Turkistonda kitob va kitobat ishi tarixini tarixiy-tipologik tahlili. Qadimiyat. O‘rta asrlar” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
2 fan nomzodi va bir nafar fan doktori tayyorlagan. Xalqaro ilmiy kitobshunoslik muammolari bo‘yicha beshinchi (1984), oltinchi (1988), yettinchi (1992), o‘n ikkinchi (2009) konferensiyalarining ishtirokchisi, “Kniga v razvitii kulturi narodov Vostoka: istoriya i sovremennost” (Dushanbe, 1990-y.) Xalqaro konferensiyasi ishtirokchisi, “Nauchnoye i kulturnoye naslediye chelovechestva - tryetyemu tisyacheletiyu” (1997-y.) Xalqaro simpozium ishtirokchisi, Xalqaro PIAK turkologik ilmiy konferensiyasi (Praga, 1999-y.) ishtirokchisi, 2008 va 2010-yillarda Toxoku Universiteti (Yaponiya), xalqaro shimoliy-sharqiy Osiyo tarixini o‘rganishiga bag‘ishlangan ilmiy simpoziumlar ishtirokchisi.
Bir qator ilmiy ishlar muallifi.