O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Alimov Ibrohim Abdugaffarovich

Tarix fanlari doktori, professor I.A.Alimov 1935-yil 5-aprel kuni Andijon shahrida, xizmatchi oilasida tugʻilgan. Millati oʻzbek. 1953-1958-yillarda Moskva davlat arxiv institutida tahsil olgan.

1958-1959-yillari sobiq Oʻzbekiston SSR Markaziy davlat arxivining katta ilmiy xodimi, 1959-1964-yillarda Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti huzuridagi Arxiv boshqarmasi hujjatlaridan foydalanish va eʼlon qilish boʻlimining mudiri, 1965-1973-yillari esa Oʻzbekiston SSR Markaziy davlat arxivining direktori lavozimida ishladi. 1966-yilda “Toshkent viloyatida yer-suv islohoti (1925-1926 y.y.)” mavzusida nomzodlik, 1980-yili OʻzSSR FA Tarix institutida “Xorazm va Buxoro xalq sovet respublikalarida agrar islohotlarning tarixiy tajribasi (1920-1924 y.y.)” mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini yoqlagan.

1986-1989-yillari Andijon davlat pedagogika institutida kafedra mudiri, 1989-1996-yillari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutida “Oʻzbekistonning 1940-1980-yillar davridagi tarixi” boʻlimining mudiri lavozimida, 1996-2001-yillari esa Andijon davlat universitetining “Oʻzbekiston tarixi” kafedrasi mudiri lavozimida, 2001-2008-yillarda shu kafedrada professor boʻlib ishladi. 2008-yildan hozirgacha Andijon davlat universiteti “Umumiy tarix” kafedrasi professori sifatida faoliyat olib bormoqda.

Hozirgi kunda professor I.A.Alimov Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti qoshidagi K.067.02.12 raqamli Oʻzbekiston tarixi boʻyicha ixtisoslashgan kengash aʼzosi sifatida bir necha yillardan buyon faoliyat koʻrsatmoqda. Ustozning rahbarligida sakkizta doktorlik va oʻndan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari tayyorlandi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar15



Ijtimoiy-gumanitar fanlar60



Tabiiy fanlar20



Filologiya5