O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Aminova Rahima Hodievna

R.H.Aminova tarix fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sohibasi. 16-dekabr 2001-yilda vafot etgan.
1925-yil 18-noyabrda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. 1949-yili O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) sharq fakultetining xorijiy sharq mamlakatlari tarixi bo‘limini tugatgan. 1949-1952-yillarda O‘zbekiston FA Tarix va arxeologiya instituti aspiranturasida o‘qib, akademiklar I.K.Dodonov, K.E.Jitov, I.M.Mo‘minov, Ya.G‘.G‘ulomov kabi taniqli tarixshunos olimlardan ta’lim olgan. Olima 1953-yilda “Narodnoye dvijeniye v irrigatsionnom stroitelstve Uzbekistana” degan mavzuda nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan va 1955-yildan boshlab O‘zbekiston FA Tarix institutida turli lavozimda ishlagan.
R.Aminova o‘zining ilmiy faoliyatini O‘zbekistonda agrar munosabatlar masalasini chuqur va atroflicha o‘rganishga qaratdi, bu borada juda ko‘p ilmiy izlanishlar olib bordi. Natijada, bu mavzuga bag‘ishlangan 11 monografiya, bir necha risola va maqolalar yuzaga keldi. Olima 1963-yilda “Agrarnaya politika Sovetskoy vlasti v Uzbekistane” degan mavzuda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Olima o‘zining sermahsul ilmiy faoliyatini pedagogik faoliyat bilan qo‘shib olib bordi va ko‘p yillar davomida ToshDU qoshidagi ijtimoiy fanlar bo‘yicha o‘qituvchilarning malaka oshirish institutida dars berdi.
R.Aminova yoshlarning g‘amxo‘r murabbiysidir. U respublikada tarixchi mutaxassislar tayyorlash ishiga katta hissa qo‘shgan bo‘lib, olimaning rahbarligida 12 fan doktori va 50 ga yaqin fan nomzodlarini yetishib chiqqan.
R.Aminova ko‘p yillar davomida O‘zbekiston FA Tarix institutining nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashgan kengash raisi bo‘lgan.
35Olima sobiq ittifoqning turli shaharlarida, shuningdek, chet ellarda bo‘lik, bir qancha xalqaro ilmiy anjumanlarda: 1970-yilda Moskvada tarix fanlari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan XIII kongressda, 1975-yilda San-Fransiskoda bo‘lib o‘tgan XIV xalqaro kongressda, 1978-yilda Shvetsiyada, 1982-yilda Mexiko shahrida o‘tkazilgan jahon kongresslarida, 1985-yilda Germaniyada o‘tkazilgan xalqaro kongressda hamda Kuba, Efiopiya, Jazoir, Bolgariya, Germaniya kabi mamlakatlarda o‘tkazilgan turli anjumanlarda "O‘zbekiston tarixining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar bilan qatnashib, o‘zbek tarixshunosligi yutuqlarini dunyoga tanishtirdi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar10



Filologiya5