O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Ashirov Adhamjon Azimboyevich

Tarix fanlari doktori A.A. Ashirov 1972-yil 11-noyabrda Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida tavallud topgan. Millati oʻzbek. 1996-yilda Nizomiy nomidagi TDPUni tugatgan. Nomzodlik dissertatsiyasi mavzusi: “Fargʻona vodiy aholisi turmush tarzida qadimiy diniy eʼtiqod izlari”, doktorlik dissertatsiyasi mavzusi: “Oʻzbek xalqi anʼanaviy turmush tarzida qadimiy diniy eʼtiqodlar (Fargʻona vodiysi materiallari asosida)”. Tarix fanlari doktori (2009), katta ilmiy xodim (2011). OʻzR FA Tarix instituti Etnologiya boʻlimi boshligʻi.

2002-yil A. Ashirov Respublika yosh olimlari oʻrtasida oʻtkazilgan yilning eng yaxshi yosh olimi tanlovida gʻolibi boʻlgan. Uning rahbarligida 1 ta fan nomzodi tayyorlangan. Oʻzbek xalqining anʼanaviy va zamonaviy etnologiyasi, diniy eʼtiqodlar va marosimlar – olimning ilmiy yoʻnalishi hisoblanadi.

A. Ashirov Toshkent Islom universiteti va Nizomiy nomidagi TDPUda “Etnologiya”, “Oʻzbekiston tarixi”, “Markaziy Osiyo xalqlari dini, madaniyati va urf-odatlari” kabi fanlardan talabalarga maʼruzalar oʻqib kelmoqda. A.A. Ashirov OAKning Falsafa, tarix va huquq fanlari boʻyicha ekspert kengashi aʼzosi va OʻzFA Tarix instituti huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi kengash aʼzosi hisoblanadi. Shuningdek, u Oʻz FA Yosh olimlar ilmiy Kengashi rais oʻrinbosari, Tarix instituti Yosh olimlari kengashi raisidir. A.A. Ashirov 100 dan ziyod ilmiy va oʻquv-uslubiy ishlarni nashr etgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar70



Tabiiy fanlar15



Filologiya5