Tarix fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasi FA akademigi Yu. F. Buryakov 1934-yil 15-martda Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh viloyati, Uchqoʻrgʻon qishlogʻida tavallud topgan. 1956-yilda Oʻrta Osiyo davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning Arxeologiya boʻlimini tugatgan.
Talabalik yillarida u yosh arxeologlar ilmiy toʻgaragida faol ishtirok etadi, ilmiy maʼruzalar bilan qatnashadi va oʻzining dastlabki ilmiy nashrlari ustida ishlaydi. Togʻ-kon sanoati, metallurgiya, Toshkent hududi urbanizatsiyasi va shaharlari tarixiy topografiyasi yosh olimning tadqiqot mavzusiga aylanadi.
Yu. F. Buryakov 1956–1965-yillarda Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyida kichik, soʻngra katta ilmiy xodim, ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimlarida ishladi. 1965–1966-yillarda Oʻzbekiston madaniyat vazirligining muzeylar boʻyicha bosh inspektori lavozimida ish olib boradi. Ushbu yillarda u, neolit davridan (Joytun, Chuyet, Namozgoh, Yazdepa, Qizilqir, Qadimgi Marv, Samarqand, Buxoro va Toshkent) tortib oʻrta asrlargacha boʻlgan yodgorliklarni tadqiq etgan arxeologik ekspeditsiyalarda ishtirok etdi.
Olimning 1963, 1966 va 1968-yillarda Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi hamda Tarix va arxeologiya institutining arxeologik ekspeditsiyasi tarkibida Chotqol – Qurama togʻ-kon sanoati yodgorliklari va Ohangaron hududini arxeologik-topografik oʻrganish boʻyicha olib borgan ishlari sermahsul boʻldi. Ushbu olib borgan tadqiqot ishlari koʻpgina ilmiy maqolalar, nomzodlik dissertatsiyasi va “Gornoye delo i metallurgiya srednevekovogo Ilaka V-nachalo XIII vv.” nomli monografiyasida oʻz aksini topgan.
Uning ilmiy faoliyatini yana bir muhim yoʻnalishi arxeologik yodgorliklarni aniqlash va ularni saqlash hisoblanadi. 64Ubu boradagi tadqiqotlarichi Tarix va arxeologiya institutida Ya. Gʻulomov rahbarligi ostida davom ettiradi.
1966-yilda olim “Iz proshlogo Chatkalo-Kuraminskogo promishlennogo rabota (K istorii gornogo dela i metallurgii Ilaka)” mavzusidagi nomzodlik, 1985-yilda “Genezis i etapi razvitiya gorodskoy kulturi Tashkentskogo oazisa (v drevnosti i srednevekovye)” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildi.
1967–1970-yillarda Yu. F. Buryakov Tarix va Arxeologiya institutida kichik ilmiy xodim, 1970–1973-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Arxeologiya institutida ilmiy kotib, 1979-yildan ilmiy ishlar boʻyicha direktor muovini, 1993-dan boshlab esa oʻrta asrlar arxeologiyasi boʻlimi mudiri boʻlib ishladi. Shu bilan bir vaqtning oʻzida yirik Choch – Iloq, soʻngra Choch – Ustrushona arxeologik ekspeditsiyalariga rahbarlik qilgan. Olib borilgan tadqiqot ishlari oʻzbek va rus tillarida “Toshkent vohasining arxeologik yodgorliklari”, “Drevnosti Charvaka”, “Drevnosti Tuyabuguza” va “Istoricheskaya topografiya drevnih gorodov Tashkentskogo oazisa (istoriko-arheologicheskiy ocherk Chacha i Ilaka)” nomli monografiyalarda oʻz aksini topgan.
Olimning keyingi yillardagi ilmiy tadqiqot faoliyati aholining joylashishi, xomashyo resurslari va qadimgi davr madaniyati obyektlarining tizimli tadqiqot usullari bilan bogʻliq boʻlib, ular “Genezis i etapi razvitiya gorodskoy kulturi Tashkentskogo oazisa” monografiyasida oʻz aksini topgan va doktorlik dissertatsiyasining asosini tashkil etgan.
Choch – Ustrushona ekspeditsiyasi tashkil etilishi munosabati bilan Movarounnahrning kam oʻrganilgan tarixiy viloyatlaridan Ustrushona hududida muntazam arxeologik ishlari tashkil etilib, Sirdaryo va Jizzax viloyati hududlarida Yu. F. Buryakov boshchiligida amalga oshirilgan tadqiqot ishlari natijasida arxeologik yodgorliklar hisobga olinib, ularning ayrimlarida qazishma ishlari amalga oshirildi.
Olim 1985-yilda Beruniy nomidagi Fan va texnika davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Olim tomonidan 15 ga yaqin monografiya, 700 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar respublikamizda va shuningdek, xorijiy mamlakatlarda nashr etilgan. 65Uning ilmiy rahbarligida 20 dan ortiq nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoya qilingan.
Olim nafaqat respublikamiz, balki jahon fanida ham salmoqli mavqega ega. U Germaniyada ilmiy maʼruzalar qilgan, AQSh, Fransiya, Hindiston ilmiy simpoziumlari va YUNESKO kollekviumlarida oʻzining ilmiy maʼruzalari bilan qatnashgan. YUNESKO ning “Buyuk ipak yoʻli – xalqlar muloqoti yoʻli” mavzusidagi Arxeologiya instituti ilmiy dasturini boshqargan. Yu. F. Buryakov Germaniya Arxeologiya instituti faxriy muxbir aʼzosi sifatida saylangan.
1995-yilda olim Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining aʼzoligiga saylanadi. 2003-yilda tarix fani rivojiga qoʻshgan hissasi va Fanlar Akademiyasi tashkil etilganligining 65 yilligi munosabati bilan olim “Xalqlar doʻstligi” ordeni bilan mukofotlangan.
Hozirda Yu. F. Buryakov OʻzMU tarix fakulteti Arxeologiya kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda. Respublika va xalqaro anjumanlar ishtirokchisi. 80 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.