O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Giyosov Temur Giyosovich

Tarix fanlari doktori, professor T. Gʻ. Gʻiyosov 1931-yil 28-iyunda Toshkent shahrida tugʻilgan. U 1953-yilda Toshkent davlat universiteti (hozir OʻzMU)ning Sharq fakultetini tamomlagan.

Olim 1953–1956-yillarda Sharq fakultetining Xorijiy Sharq mamlakatlari tarixi (Xorijiy mamlakatlar tarixi) boʻyicha aspiranturada tahsil olgan.

1958-yilda Temur Gʻiyosov “Hindistonning Janubi-Sharqiy Osiyo va Uzoq Sharqda keskinlikni yumshatish uchun kurashi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. 1973-yilda esa “Hindiston diplomatiyasining Yaqin Sharq va Janubi-Sharqiy Osiyoda agressiya va neokolonizatsiyaga qarshi kurashi (1947–1967-yillar)” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini qildi.

T. Gʻiyosov 1956-yildan boshlab Sharq fakultetining “Xorijiy mamlakatlar tarixi” kafedrasida oʻqituvchilik qila boshladi, 1962-yilgacha katta oʻqituvchi va dotsent lavozimiga oʻtib, 1977-yilda professor unvonini olgan.

T. Gʻiyosov avval Toshkent davlat universiteti (hozir OʻzMU)ning Sharq fakultetida, soʻngra Toshkent davlat Sharqshunoslik institutining “Xorijiy mamlakatlar tarixi” kafedrasida “Osiyo va Afrika mamlakatlari tarixi”, “Hindiston tarixi”, “Pokiston tarixi”, “Pokistonning ijtimoiy-siyosiy, davlat tuzumi va huquqi”, “Hindiston va Pokiston tarixnavisligi va manbashunosligi”, “Hindistonning Oʻzbekiston Respublikasi bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalari”, “Hindistonning xalqaro munosabatlardagi roli”, “Hindistonning Arab Sharqidagi siyosati”, “Hindistonning afgʻon masalasidagi siyosati”, “Xorijiy Sharqning yangi va eng yangi tarixining konseptual muammolari” fanlaridan maʼruzalar oʻqidi va oʻqimoqda.

Soʻnggi ikki yil mobaynida u 20 dan ortiq oʻquv dasturlarini chop ettirdi. Uning 200 ga yaqin ilmiy-ommabop maqolalari nashr etilgan. Oʻzbekiston Sovet ensiklopediyasining hamma jildlarida, Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasining ham barcha jildlarida jahon tarixi, Osiyo va Afrika mamlakatlari va Hindiston tarixi boʻyicha 80 ga yaqin maqolalari chop etilgan.

T. Gʻiyosov 20 dan ortiq fan nomzodlari va fan doktorlarini yetishtirdi. T. Gʻiyosov ustozlik qilgan sharqshunos mutaxassislar Rossiya Federatsiyasi va boshqa MDH respublikalarida, Hindiston, Pokiston, Germaniya, Liviya, Viyetnam va boshqa yurtlarda samarali mehnat qilmoqdalar. U hozirgi kunda qator magistrantlar, doktorantlar va ilmiy izlanuvchilarning dissertatsiyalariga rahbarlik qilmoqda.

T. Gʻiyosov 120 dan ortiq ilmiy ishlar muallifidir.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar75



Tabiiy fanlar15



Filologiya5