O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Islomov Otkir Islomovich

OʻzR FA akademigi, tarix fanlari doktori Oʻ. I. Islomov 1932-yil 22-noyabr Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati oʻzbek. 1956-yilda Toshkent davlat pedagogika institutining tarix fakultetini tamomlagan.

Olim ilmiy faoliyatini 1957-yilda OʻzSSR FA Tarix va arxeologiya instituti laboranti lavozimidan boshlagan va 1992-yilgacha shu tashkilotda kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, boʻlim mudiri lavozimlarida ishlagan. 1992-yildan hozirga qadar OʻzFA Ya. Gʻulomov nomidagi Arxeologiya instituti Toshkent boʻlimining mudiri lavozimida ishlamoqda.

Oʻ. I. Islomov Markaziy Osiyo hududida odamning paydo boʻlishi, ilk moddiy madaniyat makonlarining vujudga kelishi va rivojlanishi muammolarini oʻrganish boʻyicha yirik mutaxassislaridan biri boʻlib, 1963-yilda “Quyi Zarafshonning neolit madaniyati” mavzusida nomzodlik, 1979-yilda esa “Oʻrta Osiyoda mezolit davri” mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan.

Olim Markaziy Osiyo hududida ilk odamlar bundan 1,5 mln. yil ilgari paydo boʻlganligini ilmiy asoslab bergan. Koʻplab yoshlarning nomzodlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilgan. U 25 dan ortiq xalqaro simpozium va konferensiyalarda ishtirok etib, AQSh, Germaniya, Fransiya, Rossiya, Qozogʻiston kabi davlatlarda tosh davri boʻyicha maʼruzalar oʻqigan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar15



Ijtimoiy-gumanitar fanlar60



Tabiiy fanlar20



Filologiya5