Tarix fanlari doktori, professor O. Joʻraqulov 1936-yil 1-aprelda, Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida Chandir qishlogʻida tavallud topgan. Millati turkman. Olim 1961-yilda Samarqand davlat universiteti tarix fakultetini tugatgan.
2010-yil 30-iyunda vafot etgan.
1967-yilda “Istoriya sozdaniya i razvitiya gazovoy promishlennosti v Uzbekistane (1941-1965 gg.)” mavzusida nomzodlik, 1984-yilda “Razvitiye gazovoy i neftyanoy promishlennosti v Sredney Azii (1946-1970 gg.)” mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan.
1971–1978-yillarda Qarshi davlat pedagogika instituti chet tillar fakulteti dekani, 1978–1993-yillarda mazkur oliygohning Oʻzbekiston tarixi kafedrasi professori, 1993–2007-yillarda QarDU tarix fakulteti “Oʻzbekiston tarixi” kafedrasi mudiri, 2007–2010-yillarda “Oʻzbekiston tarixi” kafedrasi professori lavozimlarida ishlagan.
7 nafar shogirdi fan nomzodi ilmiy darajani olgan. 1999–2009-yillar mobaynida Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi K.067.02.12 raqamli Ixtisoslashgan kengash aʼzosi boʻlgan. Qator respublika va xalqaro miqyosdagi anjumanlar ishtirokchisi.
150 dan ziyod ilmiy nashrlari mavjud.