O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Ziyoev Azamat Hamidovich

Tarix fanlari doktori, professor A. Ziyoev 1963-yil 23-iyunda Toshkentda ziyoli oilasida tavallud topgan. Millati oʻzbek. 1980–1985-yillarda Toshkent davlat universitetining sharq fakulteti Eron filologiyasi boʻlimida tahsil olgan.

Olim 1985-yilgacha OʻzR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga ishga kelib, 1985-yildan buyon mazkur institutning Oʻrta Osiyo va Xitoy tarixiy-madaniy aloqalarini oʻrganish boʻlimida kichik ilmiy xodim va 1993-yildan katta ilmiy xodim lavozimlarida faoliyat koʻrsatib keldi. A. Ziyoev 1990-yilda “Silsilot as-salotin” tarixiy manba sifatida” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 1999-yilda esa “Oʻzbek davlatchiligi tarixidan (eng qadimgi zamonlardan Rossiya bosqiniga qadar)” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

1997–1998-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining bosh maslahatchisi, 1998–1999-yillari Prezident matbuoti kotibi, 1999-yili Prezident Davlat maslahatchisi, Ijtimoiy-siyosiy masalalar boʻyicha guruh rahbari, 1999–2000-yillari Prezident Matbuot kotibi vazifalarini bajargan.

1998–1999-yillarda Oliy Majlis deputatligiga, 2004, 2009-yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan. 2000–2005-yillari Oliy Majlis Yoshlar ishlari qoʻmitasi raisi, 2005–2010-yillari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi lavozimida ishlagan. 2010-yilgacha buyon Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosidir.

1996-yilda “Shuhrat” medali, 2003-yilda “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlangan.

A. Ziyoev Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixi, manbashunosligi, Markaziy Osiyo xalqlari etnogenezi va etnik tarixi, davlat tuzilishi, tashqi aloqalari kabi masalalarga bagʻishlangan 200 ga yaqin ilmiy ishlar eʼlon qilgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar60



Tabiiy fanlar10



Filologiya25