O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Ziyoeva Dono Hamidovna

Tarix fanlar doktori , professor  D.H.Ziyoeva  1961 yil 12 avgustda Toshkent shaxridan ziyoli oilasida tug'ulgan .Milliati o'zbek .1983 yilda  Nizomiy nomidagi TDPIning  tarix fakultetini tamomlagan 

Olima oʻz ilmiy faoliyatini 1983-yilda OʻzR FA Tarix institutida kichik ilmiy xodim sifatida boshladi. D. H. Ziyoyeva 1990-yilda “Turkistonda XIX-XX asr boshidagi milliy ozodlik harakatlari tarixshunosligi” mavzusida nomzodlik, 1999-yilda “1917-1924-yillarda Turkistondagi milliy-ozodlik harakatlari XX asr tarixshunosligida” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

D. H. Ziyoyeva 2000–2005-yillarda OʻzR FA Tarix institutida ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari sifatida faoliyat koʻrsatdi, 1998-yildan to hozirgacha “Oʻzbekistonning XIX-XX asr tarixi” boʻlimini boshqarib kelmoqda. Uning rahbarligida “Oʻzbekiston tarixi”ning V jildi, “Oʻzbekiston tarixi xrestomatiyasi”ning IV jildi, “Oʻzbekistonda harbiy ish tarixi (eng qadimdan hozirgacha)”, “Oʻzbekistonda tadbirkorlik tarixi (eng qadimdan hozirgacha)” kabi yirik tadqiqotlar amalga oshirildi.

D. H. Ziyoyeva oʻz ilmiy faoliyati davomida aniqlangan ilmiy natijalarni respublikadagi qator muzeylar ekspozitsiyalari tarzida tatbiq qilib kelmoqda.

D. H. Ziyoyeva tarix fani boʻyicha darsliklar va adabiyotlarni tayyorlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi ekspert kengashining aʼzosi. Shuningdek, u 2004-yildan beri Oʻzbekiston Respublikasi arxivlarining Jamoatchilik kengashi raisi sifatida ish olib borib, arxiv manbashunosligi yoʻnalishini rivojlantirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlashga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda. 2000–2009-yillarda u tarix fani boʻyicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoyasi boʻyicha ixtisoslashgan kengashlar aʼzosi, 2009-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAKning ijtimoiy fanlar boʻyicha ekspert guruhi aʼzosi sifatida faoliyat yuritib kelgan.

D. Ziyoyeva Oʻzbekistonning XIX-XX asrlar tarixi va tarixshunosligi yoʻnalishida oʻz ilmiy maktabini shakllantirib kelmoqda. Uning ilmiy rahbarligi ostida 16 nafar tadqiqotchilar (2 fan doktori, 13 fan nomzodi (shulardan 1 nafari Janubiy Koreya fuqarosi) dissertatsiya himoya qildi.

Uning 120 ga yaqin ilmiy nashrlari chop etilgan. Shuningdek, ilmiy maqolalari xorijiy jurnallar va nashrlar (Hindiston, Turkiya, Rossiya, Janubiy Koreya, Qozogʻiston) da ham chop etilgan.

D. H. Ziyoyeva rahbarligi ostida Oʻzbekistonda eng qadimdan hozirga qadar harbiy ish tarixi, tadbirkorlik tarixi kabi yirik jamoaviy monografiyalar tayyorlanib, chop etildi. U qator oʻquv qoʻllanmalariga masʼul muharrir boʻlgan, yirik jamoaviy monografiyalar hamda Samarqand va Margʻilon shahri tarixiga bagʻishlangan yubiley albomlarida hammuallif sifatida ishtirok etgan.

D. H. Ziyoyeva respublika va xalqaro miqyosdagi qator ilmiy-amaliy anjumanlar ishtirokchisi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar15



Ijtimoiy-gumanitar fanlar70



Tabiiy fanlar10



Filologiya5