O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Abdurahmanov Sherzod

Abdurahmanov Sherzod    Sherzod Abdurahmanov 1947 yil 13 aprelda Namangan  viloyati Pop  tumani Chodak qishlog‘ida  tuilgan O‘n bir yillik o‘rta  umumiy ta’lim tahsilini u 1963 - 1964 yillarda Pop tumanining Chorkesar  qishlog‘idagi 3, Chodak qishlog‘idagi 20, Pop shahridagi 23, 1 -  maktablarda olgan. 1964 - 1968 yillarda Nizomiy  nomli  Toshkent  davlat pedagogika institutining  badiiy grafika fakultetida tahsil olib, uni  imtiyozli  diplom  bilan tugatgan.Ilmiy - pedagogik faoliyatini 1968 yilda Nizomiy nomli pedagogika institutida chizma geometriya va chizmachilik kafedrasi o‘qituvchisi lavozimidan boshlagan.
    1968 - 1969 yillarda harbiy xizmatni o‘tab qaytgach, 1974 yilga qadar oldingi ish joyida faoliyatini davom ettirgan.
    1974 - 1979 yillarda Namangan pedagogika institutida (hozirg NamDU) chizma geometriya va chizmachilik fanlari o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. Namangan muhandislik pedagogika institutida 1979 yildan buyon faoliyat yurgazib kelmoqda.
    1980 - 1995 yillarda shu institutning chizma geometriya va muhandislik grafikasi kafedrasida mudirlik qilgan.
    1988 yilda “Ko‘rinishlilik printsipini tarixiy materiallar vositasida amalga oshirishning didaktik asoslari” mavzusida pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasi uchun dissertatsiya yoqlagan.
    1979 yilda dotsentlik ilmiy unvonini olgan. Pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasi uchun tayyorlanayotgan “Chizma geometriya fanining talabalar tomonidan ijodiy darajada o‘zlashtirilishining mahsuldor texnologiyasi” mavzusidagi dissertatsion ishini yakuniga yetkazgan.
    70 dan ziyod nomdagi ilmiy va uslubiy ishlari nashr etilgan. Ularning asosiy qismi chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanlarini o‘qitishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan. Nashr etilgan ishlar  mazmunini “Chizma geometriya” darsligi (2004), “O‘rta Osiyoda chizma tarixi” o‘quv diafilmi (1982), “Ko‘p o‘lchovli fazo simpleksining og‘irlik markazini topib beruvchi asbob” ixtirosi uchun guvohnomasi (1981), fan bo‘yicha ma’ruzalar matnlari, masalalar to‘plamlari, ilmiy maqolalar va metodik ko‘rsatmalar tashkil etadi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar10



Filologiya5