Tarix fanlari doktori, professor T.S. Sattorov 1940-yil 14-yanvarda Olmaota viloyatining Chunja qishlog‘ida tavallud topgan. Olim 1956–1963-yillar davomida O‘rta Osiyo universitetining sharq fakultetida arab mamlakatlari tarixini tamomlagan. 2012-yilda vafot etgan.
1963-yil u M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti qoshidagi Osiyo va Afrika mamlakatlari instituti aspiranturasiga yuboriladi. 1967-yilda O‘zFA Sharqshunoslik institutining ilmiy kengashida “Проблемы нефти в Иракской Республике” degan mavzuda nomzodlik, 1982-yilda esa “Нефть и борьба народов арабских стран зоны Персидского залива за экономическую самостоятельность и социальный прогресс” degan mavzuda doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildi.
T. Sattorovning ilmiy-pedagogik faoliyati 1967-yilda ToshDUning sharq fakultetida boshlandi. U sharq fakultetining xorijiy Sharq mamlakatlari tarixi kafedrasida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi va nihoyat, 1971-yildan dotsent lavozimlarida ishlab, arab mamlakatlari tarixi, Osiyo va Afrika mamlakatlari tarixi kabi fanlardan ma’ruzalar o‘qidi.
T. Sattorov 1969-yildan 1981-yilga qadar sharq fakulteti xorijiy Sharq mamlakatlari tarixi kafedrasiga mudirlik qildi. 1982–1989-yillar davomida ToshDUning sharq fakulteti dekani vazifasida ishlagan. 1989-yilda esa u ToshDUning gumanitar fanlar бўйича prorektori vazifasiga тайинланган va bu lavozimda 1993-yilgacha xizmat qilgan. T. Sattorov 1993-yildan umrining oxirigacha ToshShI Tarix fakultetining Osiyo va Afrika mamlakatlari tarixi kafedrasiga boshchilik qilgan.
T. Sattorov rahbarligida bir fan doktori va 10 nafar fan nomzodi yetishib chiqdi.
Olim samarali ilmiy va pedagogik faoliyati uchun 1990-yil noyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Prezidiumining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlangan.
T. Sattorov o‘zining ilmiy va pedagogik faoliyati davomida 2 monografiya va 50 ga yaqin ilmiy maqola hamda risolalar e’lon qilgan.