O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Oblomuradov Naim Xalimovich

Tarix fanlari doktori N.X. Oblomuradov 1952-yil 17-noyabrda Samarqand viloyati Urgut tumanida tavallud topgan. Millati o‘zbek. 1974-yili Toshkent davlat pedagogika institutini, 1999-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining magistratura yo‘nalishini tugatgan.

Olim ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Soliq akademiyasi Ma’naviyat ва ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektori.

Ikki nafar shogird tayyorlagan. Olimning ilmiy yo‘nalishi — XX asr qishloq xo‘jaligi tarixi, soliqlar tarixi hisoblanadi.

«O‘zbekiston mehnatkashlarining Ulug‘ Vatan urushi yillarida ozod qilingan rayonlarning xalq xo‘jaligini tiklashga bergan yordami» mavzusida nomzodlik, «1971–1990-yillarda O‘zbekistonda agrar ishlab chiqarish rivoji: tajriba, amaliyot va muammolar» mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan.

N. Oblomuradov bugungi kungacha 15 dan ortiq ilmiy va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar75



Tabiiy fanlar10



Filologiya15