O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Sadullayev Anatoliy Sadullayevich

Tarix fanlari doktori, professor A.S. Sagdullayev 1951-yil 15-iyunda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tavallud topgan. Millati o‘zbek. 1973-yilda ToshDU tarix fakultetining arxeologiya bo‘limini tamomlagan.

Olim 1973-yildan ToshDUda kichik ilmiy xodim, 1981–1983-yillarda «Etnografiya, qadimgi dunyo va o‘rta asrlar tarixi» kafedrasida katta o‘qituvchi, 1983–1987-yillarda ushbu kafedra dotsenti, 1987-yildan 1992-yilgacha ToshDU tarix fakulteti dekani lavozimlarida ishlagan.

1987-yili ToshDU Tarix fakultetida dotsent bo‘lib faoliyat ko‘rsatayotgan A.S. Sagdullayev dekan vazifasini bajaruvchi qilib tayinlandi va 1988-yilda jamoa tomonidan dekan lavozimiga saylanadi. Anatoliy Sagdullayev, eng avvalo, fakultetda kadrlar masalasiga, o‘quv, ilmiy va tarbiyaviy jarayonlarni ijobiy tomonga o‘zgartirishga katta e’tibor berdi. Davr talabiga mos holda «O‘zbekiston xalqlari tarixi» kafedrasining shtatini kengaytirishga harakat qildi va fakultetда yangi kafedralar masalasini ko‘tarib chiqdi.

Shu bilan birga, qadimgi Baqtriya, Marg‘iyona va So‘g‘diyonaning ko‘plab arxeologik yodgorliklari qazilmalarida ishtirok etib, ilk temir davri arxeologiyasiga oid ko‘pgina kashfiyotlar qilgan.

Anatoliy Sagdullayev tarix fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritgan davrida fakultetga sohaning ko‘plab bilimdon va iqtidorli olimlari ishga taklif qilindilar.

1989-yili tarix fakulteti rahbari va olimlarining sa’y-harakatlari natijasida O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi tarixida birinchi marotaba Toshkent davlat universitetining barcha fakultetlari o‘quv rejasiga yangilik, ya’ni «O‘zbekiston tarixi» fanini o‘qitish joriy qilindi.

A. Sagdullayev 1978-yilda «Культура Северной Бактрии в эпоху поздней бронзы и раннего железа» mavzusida nomzodlik, 1989-yilda esa «Оседлые области юга Средней Азии в эпоху раннего железа (генезис культуры и социально-экономическая динамика)» mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini yoqlagan.

Olimning asosiy ilmiy yo‘nalishi — O‘zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi, qadimgi iqtisodiy va madaniy aloqalar, qadimgi ijtimoiy munosabatlar, ilk temir davri shahar madaniyati kabi ko‘plab masalalar hisoblanadi.

Anatoliy Sagdullayev 1992–1998-yillarda O‘zMU tarix fakulteti «O‘rta Osiyo arxeologiyasi va etnografiya» kafedrasi mudiri sifatida faoliyat yuritgan bo‘lsa, 1998–2012-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi O‘zbekistonning yangi tarixi markazi direktori lavozimida ishlagan.

Hozirgi kunda Anatoliy Sagdullayev 14 (2 doktor, 12 nomzod) nafar shogirdlar tayyorlagan va jami 200 dan ortiq ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar nashr qildirgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar15



Ijtimoiy-gumanitar fanlar70



Tabiiy fanlar5



Filologiya10