Tarix fanlari doktori, professor M. Oltinov 1938-yil 5-fevralda Karmana tumaniga qarashli Temirshayx qishlog‘ida tavallud topgan. 1962-yilda Buxoro davlat pedagogika institutining tarix fakultetini tamomlagan.
Olim mehnat faoliyatini 1954-yilda oddiy traktorlilikdan boshlagan. 1957-yildan maorif sohasida xizmat qila boshlaydi. 1962–1966-yillarda Karmana tumanidagi 5-o‘rta maktabda tarix fani o‘qituvchisi, 1966-yildan boshlab Oybek nomidagi Termiz davlat pedagogika institutida katta o‘qituvchi vazifasiga ishga qabul qilinib, shu ilm dargohida dotsent, professor, kafedra mudiri, dekan muovini, dekan vazifalarida mehnat qilgan. 2000-yildan boshlab Navoiy davlat pedagogika instituti “O‘zbekiston tarixi” kafedrasida dastlab kafedra mudiri, so‘ngra professor vazifasida ishlab kelmoqda. M. Oltinov 1972–1975-yillarda Qozon davlat universitetida aspiranturani, 1986–1988-yillarda Sankt-Peterburgdagi Gersen nomidagi pedagogika universitetida doktoranturani o‘tagan. Bu davrda ilmiy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilib, tarix fanlari nomzodi, tarix fanlari doktori ilmiy darajalarini, dotsent, professor илмий unvonlarini oladi.
Shuningdek, M. Oltinov bir qator xalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida ishtirok etgan, qator kitoblar nashr etgan.