O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Rajabov Qahramon Kenjayevich

Tarix fanlari doktori Q.K. Rajabov 1962-yil 26-iyunda Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi Savrak qishlog‘ida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 1989-yilda Toshkent davlat universiteti tarix fakultetini tamomlagan.

Olim O‘zbekiston FA Tarix institutining yetakchi ilmiy xodimi (2000-yildan). “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim a’lochisi” (2000). 4 nafar shogird tayyorlagan.

O‘zbekistonning sovet davri tarixi; O‘zbekiston davlatchiligi tizimida Buxoro amirligining tutgan o‘rni, Turkistonda istiqlolchilik harakati; BXSR va XXSR tarixi — olimning asosiy ilmiy yo‘nalishi hisoblanadi.

Q.K. Rajabov 1995-yilda “Farg‘ona vodiysida istiqlolchilik harakati: mohiyati va asosiy rivojlanish bosqichlari (1918–1924-y.y.)” mavzusida nomzodlik диссертациясини, 2005-yilda “Turkiston mintaqasida sovet rejimiga qarshi qurolli harakat (1918–1924-y.y.)” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

50 ga yaqin tarixiy kitoblar hamda 800 dan ortiq ilmiy va ommabop maqolalar muallifi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar75



Tabiiy fanlar10



Filologiya10