O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Rajapova Rano Yodgorovna

Tarix fanlari doktori R.Yo. Rajapova Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida 1935-yil 1-oktabrda tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Olima 1958-yilda Moskva davlat universitetining tarix fakultetini tamomlagan. 2005-yil 16-noyabrda Toshkent shahrida vafot etgan.

Olima ma’lum muddat davomida Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida mas’ul lavozimlarda xizmat qilgan. R.Yo. Rajapova 1959-yilda O‘zbekiston FA Tarix va arxeologiya institutiga ishga kiradi va shu paytdan ayrim tanaffuslar bilan to umrining oxirigacha tarix fani sohasida faoliyat ko‘rsatdi.

1967-yilda «Создание и работа политорганов в войсках Туркреспублики и Туркфронта (1918–1920 гг.)» mavzusida nomzodlik, 1986-yilda «Идеологическая работа Компартии Узбекистана в период строительства социализма (1925–1937 гг.)» mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan.

R.Yo. Rajapova 1986–1991-yillarda O‘zbekiston FA Tarix instituti direktori lavozimida ishladi. Bu mamlakat hayotidagi murakkab, jiddiy o‘zgarishlar arafasi, ayni paytda, tarix fani tanazzulga yuz tutgan davr edi. Bu murakkab vaziyatda R.Yo. Rajapovaning ilmiy salohiyati va tashkilotchilik qobiliyati tarix fanidagi yangilanish jarayonlariga boshchilik qilishi, tarixchi kadrlarni yoshartirish yo‘lini tutganida namoyon bo‘ldi.

R.Yo. Rajapovaning ilmiy izlanishlari doirasidagi XX asrda Turkiston va O‘zbekistonda kechgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, Turkistondagi milliy-ozodlik harakatlari: jadidchilik va sovet rejimiga qarshi qurolli harakat, O‘rta Osiyodagi milliy-hududiy chegaralanish, siyosiy partiyalar faoliyati kabi muammolar ilk bor jalb qilingan arxiv materiallari, yangicha yondashuvlar asosida o‘rganildi.

Butun ilmiy faoliyatini O‘zbekistonda tarix fani ravnaqiga bag‘ishlagan R. Rajapova darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar yaratishda ishtirok etdi, respublika oliy o‘quv yurtlarida tarix fanining dolzarb muammolariga bag‘ishlangan ma’ruzalari orqali tarixiy bilimlarni targ‘ib qildi. Uning rahbarligida 3 fan doktori va 7 fan nomzodligi dissertatsiyalari himoya qilindi.

R.Yo. Rajapova Toshkent, Moskva, Lissabonda o‘tkazilgan xalqaro ilmiy anjumanlarda ma’ruzalari bilan ishtirok etib, O‘zbekiston tarix fani yutuqlarini jahonga tanitishga munosib hissa qo‘shdi. R. Rajapova shuningdek, YUNESKO tomonidan nashr etilayotgan “Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari tarixi” (fransuz tilida) nomli ko‘p jildlik asar mualliflaridan biri bo‘ldi.

Fidoyi olimaning ilmiy va murabbiylik faoliyati hukumatimiz тоmonidan munosib taqdirlanadi. R.Yo. Rajapova 2003-yilda “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi.

Olima 15 ga yaqin tarixiy kitoblar va 100 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar65



Tabiiy fanlar10



Filologiya15