O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Sulaymonov Rustam Hamidovich

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati, tarix fanlari doktori, professor R.H. Sulaymonov 1939-yil 30-may kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati o‘zbek. 1962-yil ToshDU tarix fakultetining arxeologiya bo‘limini tamomlagan.
R.H. Sulaymonov «Статическое изучение культуры грота Обирахмат» mavzusida nomzodlik, «Древняя культура южного Согда» mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan.
R.H. Sulaymonov o‘zbek arxeologiya maktabining an’analarini davom ettirib, O‘zbekiston janubida qator arxeologik obidalarni tadqiq etishda faol ishtirok etgan. Uning илmiy, pedagogik va jamoatchilik sohalaridagi faoliyati yuksak baholanib, “Beruniy” nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan, “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi. R.H. Sulaymonov xalqaro miqyosda arxeologlar bilan ilmiy aloqalarda faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, u Germaniya Arxeologiya institutining faxriy a’zosi etib saylangan.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Milliy universiteti tarix fakulteti “Arxeologiya” kafedrasi professori lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda.
10 dan ziyod shogirdlari mavjud, ulardan 8 nafari fan nomzodi ilmiy darajasiga sazovor bo‘lgan. 10 ta monografiya, 150 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar75



Tabiiy fanlar15



Filologiya5