O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Abduraxmanov Hamzaxo‘ja Tursunxo‘jayevich

Abduraxmanov Hamzaxo‘ja Tursunxo‘jayevichIqtisod fanlari nomzodi

    1975 yil 8 aprelda Rishton shahrida tavallud topgan. 1991 yilda Rishton tumanidagi M. Topiboldiyev nomidagi 27 - o‘rta maktabni a’lo baholarga tamomlagan. 1992 yilda Farg‘ona davlat universitetining iqtisodiyot fakultetiga o‘qishga kirib, 1997 yilda o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan. Diplom bo‘yicha mutaxassisligi iqtisodchi - rejalashtiruvchi.
    H. Abdurahmonov 1998 - 2000 yillarda Rishton tumani davlat soliq inspektsiyasida inspektor lavozimida ishlagan. 2000 - 2003 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi aspiranturasida o‘qigan. O‘qish davomida iqtisod fanlari doktori, professor A. Pardayev rahbarligida 08.00.07- “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha “Soliq imtiyozlari va ularning korxona iqtisodini tartibga solishdagi o‘rni” mavzusida ilmiy izlanish olib borgan hamda 2005 yilda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2005 yil 29 sentyabrdagi 117/1 - son bayonnomasi (diplom 01 №008882) bilan iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.
    H. Abdurahmonov 2004 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti katta o‘qituvchisi, 2004 - 2010 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi lavozimlarida faoliyat yuritgan. Faoliyat davomida Respublika oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariiing ilmiy hamda pedagog kadrlari malakasini xorijiy davlatlarning ilg‘or ta’lim muassasalarida oshirish borasida 10 dan ortiq shartnomalar tuzishda bevosita ishtirok etgan. Bundan tashqari, AQSh, Belgiya, Daniya, Rossiya Federatsiyasi, Janubiy Koreya, Malayziya kabi davlatlarning ta’lim muassasalarida mamlakatimiz pedagog - kadrlarining malakasini oshirishda faol qatnashgan.
    U 2006 - 2010 yillarda o‘rindoshlik asosida Toshkent moliya instituti “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlagan. 2005 yilda Janubiy Koreyaning Xandong Global universitetida iqtisod, xuquq va informatsion texnologiyalar yo‘nalishlari bo‘yicha qisqa muddatli malaka oshirish kursida qatnashgan. 2009 yilda Malayziya Soliq akademiyasida tashkil etilgan “Soliq to‘lovlari undiruvchanligini oshirish” bo‘yicha xalqaro konferentsiyada “O‘zbekiston soliq tizimining o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida ingliz tilida ma’ruza qilgan. 2010 - 2013 yillar davomida xalqaro dastur asosida Ispaniyaning Santyago de Kompostela universitetida ilmiy tadqiqot ishini olib borgan. Tadqiqot davomida Yevropa davlatlarida soliq islohotlarini olib borishning nazariy va amaliy jihatlarini o‘rgangan.
    2013 yildan 2016 yilga qadar H. Abdurahmonov Toshkent moliya institutining “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat yuritdi. Bundan tashqari, mutaxassislik fanlari – “Soliq nazariyasi” va “Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish” bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini to‘liq ingliz tilida olib bordi.
    2016 yildan 2017 yilgacha Toshkent moliya instituti sug‘urta fakulteti dekani o‘rinbosari, dekan vazifasini bajaruvchi lavozimlarida ishladi. 2017 yil iyun oyidan boshlab Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Pedagog kadrlar malakasini oshirishni nazorat qilish” bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda.
    H. Abdurahmonov tomonidan 40 dan ortiq ilmiy maqola (shundan 6 tasi xorijda) va tezislar chop etilgan.
    Hozirgi kunda u “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning innovatsion faoliyatini soliqlar vositasida rag‘batlantirish yo‘nalishlari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanish olib bormoqda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5