O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Abutaliyev Faradey Basirovich

Abutaliyev Faradey Basirovich (1932.25.3, Toshkent(2012)) - matematik olim, O‘zbekiston FA akademigi (2000), fizika-matematika fanlari doktori (1964), professor (1972). O‘rta Osiyo davlat universitetini tugatgan (1952). O‘zbekiston FA Hisoblash markazli kibernetika institutida ilmiy xodim (1957-1962), 1962 yildan laboratoriya mudiri. Faradey Abutaliyev ishlari differensial tenglamalar, hisoblash matematikasi, dasturlash, axborotlar nazariyasi, elastiklik nazariyasi, gidrodinamika muammolariga bag‘ishlangan. Abutaliyev parabolik tipdagi nochiziqli tenglamalarning ixtiyoriy shaklli sohalaridagi yechimlarini topish uchun tejamli hisoblash sxemalarini ishlab chiqdi.

Akademik F.Abutaliyevning mamlakatimiz ilm-fani rivojiga qo‘shgan hissasi davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan edi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar70



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar20



Filologiya5