O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Aida Barxanadjan

    Toshkent  avtomobil va yo‘llar instituti professori, kimyo fanlari nomzodi Barxanadyan Aida Levonovna o‘zining ko‘p yillik ilmiy va pedagogik faoliyati davomida o‘z sohasining yetuk olimi bo‘lish bilan birga kator-qator shogirdlarga ibrat bo‘lgulik hurmatli ustoz hamdir. Tbilisida tug‘ilib voyaga yetgan Aida Barxanadjyan 1957-yili oilasi bilan Toshkentga ko‘chib kelishgan va u shu yili O‘rta Osiyo politexnika institutining Kimyo-texnologiya fakultetiga o‘qishga kirib, 1962-yilda institutni tamomlagan. Taqsimot bo‘yicha Moldaviya vinokombinatiga kimyo laboratoriyasiga ishga yuborildi. 1967-yili Aida Levonovna Toshkent Politexnika instituti (Hozirgi TDTU)ning Polimerlar muammolari laboratoriyasiga ishga kirdi va keyinchalik aspiran- turani bitirib, 1972- yilda nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. 1972-yildan yangi tashkil etilgan Toshkent avtomobil-yo‘llar institutida kichik ilmiy xodim, "Avtoekspluatatsion materiallari va mehnat xavfsizligi" kafedrasida assistent, katta o‘qituvchi va 1976- yilda dotsent lavozimlarida ishlab keldi. 3 ta monografiya, shu jumladan: "Ochistka stochnыx vod" (T., "O‘zbekistan", 1976-y.), "Avtomobil i ekonomiya goryuchego" (T, "O‘zbekistan", 1982-y.), "Bezopasnoe primenenie toplivo-smazochnыx materialov (II pererabotannoe izdanie)" ( T, 2013-y.), 3 ta o‘quv qo‘llanmalar, jumladan: "Bezopasnыe goryuche-smazichnыx materialov". "Nemetallicheskie materialы v avgomobilnoy promыshlennosti". "Lakokrasыchnie materialы" va 100 dan ortiq ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari, xorijiy va respublika ilmiy jurnallarida, ilmiy-amaliy konferentsiya  materiallari to‘plamida chop etilgan. Aida Levonovna pedagogik faoliyatini  jamoat ishlari bilan birga olib bordi. 1976-1985-yillarda institut Ilmiy Kengashining ilmiy kotibi, 1985-1995-yillar sirtqi bo‘lim fakulteti dekani muovi: 1995-2005- yillarda institut ayollar kenga raisi kabi ishlarda faol qatnashib keldi. Ko‘p yillar davomida turli xil bayr tantanalarini o‘tkazishda, institut talaba qizlari va xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan "Balli qizlar", "Mo‘‘jizalar maydoni"  kabi qiziqarli musobaqa va tanlovlarni uyushtirishga bosh-qosh bo‘ldi. 2002-2011-yillarda "Ximmotologiya" fedrasi mudiri, talabalarning murabbiyi sifatida iqtidorli talabalarni, magistrlarni, yosh o‘qituvchilarni Angren rezina-texnika zavodi, Samarqand avtomobil zavodi, Toshkent lak-bo‘yoq zavodi, "Sovplastital" ishlab chiqarish korxonalariga tanishuv sayohatlarini tashkil qilmoqda, talabaning ilmiy to‘garagiga rahbarlik  qilib kelmoqda. Barxanadyan Aida Levonovna TAYI tamomlagan, farzandi Tigran bilan bir ( lada, mehribon buvijon bo‘lib nabirali qurshovida yashab kelmoqda. Barxanadjyan Aida Levonovna mehnat faoliyatini davom ettirib kelmoqda, davlat byudjetlari bo‘yicha ilmiy izlanishlarga  rahbarlik qilmoqda. Oilada buvijonisining o‘z kasbiga, ilmga bo‘lgan muhabbatini ko‘r kichik avlod ham avtomobilchilar sulolasini  davom ettirmoqda. Nabiralari Sonna magstraturani bitirdi va Narina TAYIda bakalavrni bitirib, magistraturada o‘qishni davom etgirmoqda. Aida Levonovna nafaqat  farzandlariga, nabiralariga, balki shogirdlariga ham har tomonlama ibrat bo‘lgulik bag‘ri keng, ilmli olima.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar30



Ijtimoiy-gumanitar fanlar30



Tabiiy fanlar20



Filologiya20