O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Alimova Mashhura

Alimova MashhuraIqtisod fanlari doktori

    1979 yil 12 martda zaminimiz saytsali Samarkand shahrida tug‘ilib, kamolga yetgan Mashhuraxon Alimova bolaligidan intiluvchan va tirinщogrshgi, kirishimliligi bilan tengdoshlaridan ajralib turardi. 1992 yili 35 - maktabni muvaffaqiyatli yakunlab, 1 - son fizika - matematika litseyida tahsil oldi va imtiyozli shahodatnoma bilan o‘qishni bitirdi.
    Mashhuraxonning yuksak iqtidor egasi ekanligi 1996 - 2000 yil - larda Samarkand davlat universitetining “Iktisodiyot” fakultetida o‘kib yurganida ham uz isbotini topdi. U bakalavriat bosqichida “Iqtisodiyot” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olib, uni imtiyozli diplom bilan tugatdi.Ha, “Kim ilm orqali to‘g‘ri yo‘l izlasa, ilm uni to‘g‘ri yo‘lga chorlaydi”, deb donishmandlarimiz bejiz aytishmagan.
    Qahramonimiz ham ilm yo‘lida topganlarini yosh avlodga o‘rgatish uchun Samarqand tumani 64 - maktab tomon yo‘l oldi. U 1999 - 2004 yil o‘kuvchilarni ilm sinoatlaridan xabardor kildi... 2004 - 2007 yil Samarkand davlat universiteti qoshidagi “Biznes maktabi” o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritdi. Yillar borgan sari Mashhuraxon uchun ham o‘z tilsimot dunyosini ocha bordi... 2006 - 2008YY. Samar¬qand davlat universiteti magistratura bo‘limida tahsil olishi, 2008 - 2011yy.Samarqand davlat universiteti “Ijtimoiy - iqtisodiyot, menejment va moliya” kafedrasi assistenti bo‘lib ishlashi, 2011 - 2013 yil Samarqand davlat universitet “Iktisodiy nazariya” kafedrasi  
    Stajyor - tadqiqotchi - izlanuvchisi, 2013 - 2014 yil  Samar¬qand davlat universiteti “Iqtisodiy nazariya” kafedrasi katta ilmiy xodim - izlanuvchisi, 2013 - 2017 YY. Samarqand davlat univer¬siteti “Iqtisodiy nazariya” kafedrasi assistent o‘qituvchisi, 2017yil 1 apreldan “Iktisodiy nazariya” kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat yurita boshladi. Olima 2017 yildan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Marketing kafedrasi mudiri vazifasida faoliyat yuritdi. Katta ilmiy xodim Mashhuraxon Alimova iktisodiyot fanlari doktori, professor Bahodir To‘faev rahbarligida ilmiy tadqiqotlar olib bordi. 2017 yili “Hududiy turizm bozorining rivojlanishi xususiyatlari va tendentsiyalari (Samarqand viloyati misolida)”  mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffadiyat- li himoya qilib, iktisodiyot fanlari doktori (Doctor of Sciences in Economics) ilmiy darajasiga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, u Sa¬marqand iktisodiyot va servis institutida 2012 - 2016 yil “Turistik klaster: shakllantirish va amal qilish metodologiyasi” fundamental tadqiqodlarning davlat loyihasida ham ishtirok etish sharafiga muyassar bulgan olimadir. M/G. Alimova 2018 - 2019 yillarda bajarilishi rejalashtirilgan “Samarqand viloyatida turistik erkin iqtisodiy xududini  yaratish strategiyasi” nomli amaliy tadqiqodlar loyihasi rahbari hamdir. Olima tomonidan hozirga qadar 90 dan ortiq ilmiy ish, shu jumladan, 3 ta monografiya, 2 ta risola nashr ettirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya hay’atiniig doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etilishi tavsiya qilingan ilmiy nashrlarda 30 ta makolasi yoritilgan. M.T.Alimova rahbarligida Samarqand idtisodiyot va servis instituti “Servis va turizm” fakulteti talabasi Rahmanov Shuhrat 2018 yili Respublika fan olimpiadasida I o‘rinni qo‘lga kiritdi hamda Navoiy stipendiyasi sovrindori bo‘ldi. Ha, M.Alimova talabalarga yangi pedagogik texnologiyalardan va o‘qitishning interfaol usullaridan, yangi axborot texnologiyalaridan unumli foydalangan holda dars berib kelmoqda.
    Mashhuraxon oilada ham ikki farzandiga jonkuyar ona, ibratli bekadir. U sevimli ishi va jonajon oilasi qo‘rg‘onini birday yash - natayogan AYoLligi bilan har qancha faxrlansa arziydi!
    Olima do‘stu yorlariga, farzandlariga doim tinchlikning qadriga yetish kerakligini, baxtli bo‘lish uchun tinmay mehnat qilish lozimligini uqtiradi. Har tong musaffo osmonga boqib hayotda topganlarini, erishgan yutuqlarini sarhisob qiladi va topgan manzili – YaXShILIK ekanligiga shukronalar keltiradi!



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar10



Filologiya5