O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Alixodjaeva Madina

Alixodjaeva Madina    Bundan 36 yil muqaddam Toshkent Farmatsevtika institutiga talaba sifatida qadam ko‘ygan yosh qiz bugun yetuk olima, farmatsevtika fanlari doktori, professor sifatida bir paytlar o‘zi havas qilgan ustozlar darajasida yoshlarga bilim bermoqda, ilm - fan rivojiga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Ushbu institutning Toksikologik kimyo kafedrasi dotsenti Madina Alixodjayeva o‘z ilmi, mehnati, g‘ayrati ortidan muvaffaqiyatlarga erishayotgan olima ayollardan.
    Professor Madina Alixodjayeva tomonidan 70 dan ortiq ilmiy maqolalar, ko‘llanma va monografiyalar yaratilgan bo‘lib, ular quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
    Farmatsevtik va toksikologik kimyo masalalari; Dori vositalaridan zaharlanish hollari va ularning oldini olish chora- tadbirlari; Toksikologik kimyoda fizik- kimyoviy tahlil usullarini qo‘llash masalalari; Dori vositalari sifatini nazorat qilish, biologik suyuqliklar tarkibidan moddalarni ajratib olish masalalari; Organizmga kuchli ta’sir etuvchi sintetik peshob haydovchi dori vositalarini farmatsevtik va kimyo - toksikologik nuqtai nazardan o‘rganish; Giyohvand moddalar tahlilini olib borish masalalari; Antiaritmik guruhi dori vositalari qo‘llanishidagi muammolar va ularning tahlil usullarini ishlab chiqish; Dori vositalarining nojo‘ya ta’sirlari muammolari.
    Madina Alixodjayeva tomonidan “Fiziko - ximicheskoye i ximiko - toksikologicheskoye issledovaniye nekotoriyx diureticheskix lekarstvenniyx sredstv” nomli monografiya, A.N.Yunusxo‘jayev va B.Sh.Shaislamov bilan hamkorlikda “Oslojneniya lekarstvennoy terapii” nomli o‘quv qo‘llanma yaratilib, ilmiy pedagogik, farmatsevtika hamda tibbiyot xodimlari hukmiga havola qilindi.
    Olimaning xorijiy nashrlarda 10 dan ortiq ilmiy ishlari chop etilgan. Jumladan: “Sposoby obnarujeniya furosemida”, “Ekspress analiz nekotoriyx diureticheskix lekarstvenniyx sredstv v biologicheskix jidkostyax”, “Issledovanie nekotoriyx sinteticheskix diuretikov metodom termodesorbtsionnoy poverxnostno - ionizatsionnoy spektroskopii", "Opredelenie nekotoriyx diuretikov u bolniyx xronicheskoy serdechnoy nedostatochnostyu”, “Xromato – mass - spektrometricheskoe opredelenie nekotoriyx diuretikov v biologicheskix jidkostyax”.
    Professor Madina Alixodjayeva O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan faxriy yorliq bilan mukofotlangan, Prezidentimiz “Iste’dod” jamg‘armasining byudjet sohibi, O‘zbekiston Xalq Tabobati Assotsiatsiyasi a’zosi, 2011 yildan beri Toshkent dorishunoslik instituti huzuridagi ixtisoslashgan kengash ilmiy kotibasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Etika Qo‘mitasining ilmiy kotibasi hamda Xalqaro Sud toksikologlari assotsiatsiyasining a’zosi.
    Dotsent Madina Alixodjayeva rahbarligida bitta mutaxassis doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5