O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Amanov Vafo

Amanov VafoTibbiyot fanlari doktori, professor

    Har qanday inson ayniqsa, bemor shifokorning qalbdan aytgan bir og‘iz shirin so‘ziga muhtoj bo‘ladi. Imkoniyati cheklangan insonlar esa xamisha ana shunday mehr va muhabbat og‘ushida bo‘lishsa, o‘zlarini baxtli his qiladilar, hayotda o‘z o‘rinlarini topib, jamiyatda faol bo‘ladilar. Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy Markazining jarohatlar asoratlari bo‘limi mudiri Vafo Amanov butun umr ana shunday insonlarning hayotga bo‘lgan ishonchini qaytarib berayotgan shifokor. U 1964 yil Buxoroning Shofirkon tumanida tavallud topdi. Otasi Rahmat aka (o‘qituvchi) va onasi Roziya ona (uy bekasi) bo‘lib, yakka - yu, yagona farzandlari Vafoning shifokor bo‘lishini juda - juda istashardi. Rahmat aka maktabda o‘quvchilarga qo‘ygan talabini o‘g‘liga ikki hissa qilib berardi. U Toshkent davlat meditsina instatutiga talabalikga qabul qilindi, travmatolog - ortoped mutaxassisligi bo‘yicha saboq oldi. Vafo Amanov 1987 yili oliyg‘ohni tugatib, Buxoro shahar tez tibbiy yordam stantsiyasida boshladi. So‘ng‘ra Shofirkon tuman markaziy shifoxonasida travmatolog - ortoped lavozimida xizmatni boshladi. 1990 yildan esa Toshkent davlat tibbiyot institutda 11 - klinikasida vrach -travmatolog bo‘lib faoliyat yuritdi. Respublika osteomelit markazida ortoped gravmatolo! bo‘lib ishlash jarayonida amaliyotda ko‘rganlarini qog‘ozga tushirdi va ilmiy taxlil qildi. Uning tahlillari “katta olimlar”ni ham be e’tibor qoldirmadi. Yosh olim Toshkent davlat tibbiyot instituti travmatologiya kafedrasida assistentlikga qabul qilindi. Ilmiy izlanish, ustozlarining qo‘llab - quvvatlari natijasida to‘rt yillik mehnatlari samarasi o‘laroq, Respublika yirik bo‘g‘imlar va qo‘l, barmoq jarrohligi bo‘limida ortoped - travmatolog bo‘lib ishladi. Onkologiya ilmiy Markazida tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasiga erishdi, Ushbu soha bo‘yicha o‘rganganlari va tajribalarini o‘rtoqlashish maqsadida bir muncha vaqt Vafo Amanov Rahmatovich Buxoro davlat tibbiyot institutida travmatologiya kafedrasi professori sifatida talibalarga dars berdi. Ilmiy mushohadasi yuksak olimning bu borada ko‘plab monografiyalari, risolalari, ilmiy maqola va ma’ruzalari hamda o‘quv qo‘llanmalari chop etilgan. U qator ilmiy ishlarga rahbarlik qilgan va malakali shifokorlarni yetishib chiqishiga zamin yaratgan murabbiydir. Uning ilmiy anjumanlarda qilgan ma’ru-zalari tibbiyot ahlining e’tirofiga sazovor bo‘ldi va bukun talabalar, izlanuvchi va tadqiqotchilar uchun dastur amalga aylandi. Professor Vafo Amanov 2010 - 2012 yy. nogironlarni reabilita¬tsiya qilish va protezlash milliy Markazi 2 - xudud Xo‘jalik hisobidagi bo‘lim vrachi, bo‘lim mudiri bo‘lib ishlagan bo‘lsa, ayni paytda “Respublika Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash mil¬liy Markazining Jarohatlar asoratlari bo‘lim”i mudiri bo‘lib faoliyat yuritayapti. U hayoti davomida turli xil taqdir egalariga duch keldi. Ayniqsa, to‘satdan kelgan falokat tufayli jarohat olganlarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish har qanday shifokordan tezkorlikni va shu bilan birga sabr - toqatlilikni talab qiladi. Chunki jarohatni boylash, singan yoki chiqgan joyni o‘z vaqtida aniqlash, bu - insonning keyinchalik oyoqqa turib ketishida muhim omil bo‘ladi. Bugun uning yordami bilan yana yurish baxtiga muyassar bo‘lgan, tayanch a’zolari tiklangan insonlar uni doimo yo‘qlab turishadi. Yaxshi kunlariga esh bo‘lishadi. Bir insonga yana nima kerak! Doimo seni yo‘qlab turishini, senga ishonib “eshigingni” qoqib kelishini va kimgadir kerakligingni hamisha his qilib yashashdan ortiqroq baxt bormi? Inson qaysi qayerda bo‘lmasin, yonida uni tushunadigan, qo‘llab - quvvatlaydigan umr yo‘ldoshi bo‘lishi - haqiqiy saodat. Vafo Amanovning turmush o‘rtog‘i Muhayyo ona ham hamisha uning kasbini hurmat qilgan holda oilada totuvlik, xotirjamlik yarata oldi. Farzandlarining tarbiyasi bilan alohida shug‘ullandi. Ayni paytda qizi Madina — Jahon tillari institutida magistr, Begzod – “Artel” komnaniyasida iqtisodchi bo‘lib ishlamoqda. Oilasiga va atrofidagi odamlarga - jamiyatga har tomonlama foydasi tegayotgan Vafo Amonovdek fidoyi insonlar tufayli hayot hamisha go‘zal va farog‘atlidir.    



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5