Ilmga - bo‘lgan ishtiyoq, uni yanada chuqurroq egallash istagi uni ana shu o‘zi o‘qigan ilm dargohida qoldirgan bo‘lsa ajab emas. Pedagogik faoliyatini boshlaganiga ham 35 yil bo‘libdi. O‘zbekiston Milliy Universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Pedagogika va umumiy psixologiya” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi, psixologiya fanlari nomzodi Azizova Shohida Valijonovna shu yillar davomida o‘z mehnati, pedagogik mahorati, ilmiy salohiyati ortidan hurmat - e’tiborga sazovor bo‘lib bormoqda. Olimadan ortiq ilmiy - uslubiy ishlar muallifi. Shu jumladan 4 ta uslubiy qo‘llanma, 1 ta o‘quv dasturi muallifi.
Shohida Azizova rahbarligida yaratilgan ishchi o‘quv dasturlar, o‘quv - uslubiy majmualar elektron formatda talabalar foydalanishi uchun universitet portalida joylashtirilgan.
U tajriba oshirdi, chet tillarini va informatsion - kommunikatsion texnologiyalarni o‘rganishga katta e’tibor qaratadi.
Shohida Azizova rahbarligida olingan nazariy bilimlarni amalda qo‘llash bo‘yicha talabalar bilim va ko‘nikmalari darajasini oshirish maqsadida yuqori tajribali mutaxassislar tayyorlashning muhim majmui - pedagogik amaliyotning mazmuni takomillashtirildi. Pedagogik amaliyotni tashkil etish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar qaytadan ko‘rib chiqildi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning tarbiyaviy faoliyatga qobiliyatlarini rivojlantirishga katta ahamiyat berildi. Pedagogik amaliyotni tashkil etish bo‘yicha shartnomalarni imzolash maqsadida uzluksiz ta’lim tizimi muassasalarining moddiy - texnik ta’minotini o‘rganib chiqdi. Pedagogik amaliyotni reja asosida, intizomli o‘tkazish maqsadida mas’uliyati oshirildi.
Magistraturaning o‘quv - me’yoriy hujjatlarini takomillashtirishda bevosita ishtirok etgan, fanlar bo‘yicha o‘quv reja va dasturlar magistrantlarning ilmiy - tadqiqot ishlariga katta e’tibor qaratilganligini hisobga olgan holda ko‘rib chiqildi.
Uning rahbarligida hamkorlik asosida akademik litsey va kasb - hunar kollejlari o‘qituvchi va o‘quvchilari uchun “mahorat maktabi” doirasida ma’ruzalar tashkil etilgan.
Shohida Azizova tomonidan kafedrani davlat attestatsiyasidan o‘tishga tayyorgarlik bo‘yicha tashkiliy ishlar olib bordi.
Dotsent Shohida Valijonovna ish tajribasi, bilimi, samimiyligi ortidan obro‘ - e’tibor topgan olima ayol.