O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Bahriddinov Nuriddin Sadriddinovich

Bahriddinov Nuriddin Sadriddinovich    Nuriddin Sadriddinovich Baxriddinov 1957 yil 24 iyulda Namangan viloyati Namangan tumani G‘alcha qishlog‘ida ziyoli oilasida tug‘ilgan.
    1974 yilda tumandagi 30 - o‘rta maktabni oltin medal bilan tamomlagan. Shu yili  Namangan davlat pedagogika institutining fizika - texnika  fakultetiga o‘qishga kirib, 1978 yilda uni imtiyozli tamomlagan. Mehnat faoliyatini Namangan tumanidagi  Guldirov qishlog‘ida joylashgan 16-o‘rta maktabda  fizika o‘qituvchisi sifatida boshlagan.
    1979 — 1986 yillarda tumandagi 30 - o‘rta maktabda fizika va mehnat ta’limidan dars bergan.
    1986 yildan O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Kimyo ilmiy - tekshirish institutida dastlab texnik-laborant, 1987 yildan kichik ilmiy xodim sifatida ilmiy faoliyatini boshlagan. 1988 — 1989 yillarda Olmaliq kimyo zavodida “Ekstraktsion fosfat kislotalar olish kurilmalarini qattiq cho‘kindilardan kontsentrlangan sulfat kislotali tozalash usuli” mavzusi bo‘yicha olib borilgan innovatsion loyihani bajarishda mas’ul ijrochi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
    1989 yili shu institutning kunduzgi aspiranturasiga o‘qishga kirib, “Markaziy Qizilqum fosforitlaridan olingan fosfat kislota asosida suyuq kompleks o‘g‘it olish” mavzusidagi nomzoddik dissertatsiyasini muddatidan ilgari muvaffaqiyatli himoya qilgan va texnika fanlari nomzodi idmiy darajasiga erish- gan.
    1991     yildan Kimyo ilmiy - tekshirish institutida ilmiy xodim sifatida faoliyatini davom ettirgan.
    1992     yilda Namangan sanoat - texnologiya institutining (hozirgi NamMPI) texnologiya fakultetiga katta o‘qituvchi lavozimiga ishga kelgan.
    1993     yildan ma’naviy - ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini bo‘lib ishlagan.
    2001 yildan boshlab ekologiya va mehnat muhofazasi kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqtsa. U “Markaziy Qizilqum fosforitlaridan o‘g‘itlar olish” mavzusi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlash  bilan birga, “Mahalliy alyumosilikatlardan samarali foydalanish” mavzusida davlat granti asosida ilmiy - tadqiqot olib bormoqda.
    Olim 25 ta ilmiy - uslubiy maqolalar va fosfat kislota olish usuli bo‘yicha 1 ta patent muallifidir.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya5