O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Bazarova Dildora

Bazarova Dildora    Dunyoda shunday kasb-hunarlar bo‘ladiki, uning inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini baholab, toshu taroziga solib, o‘lchab bo‘lmaydi. Biroq kasblar ichida eng a’losi, eng sharaflisi, eng ulug‘i - o‘qituvchilik, ustozlik, murabbiylik ekanini ko‘pchilik e’tirof etadi. O‘zining aql-idrok va tafakkurini inson baxt-u va kamoloti yo‘lida bahsh etib, el-yurtida izzat-hurmatga sazovor bo‘lib kelayotgan ajoyib huquqshunos olimalardan biri yuridik fanlar nomzodi, dotsent Ba- zarova Dildora Baxadirovnadir.
    Toshkent Davlat Yuridik institutini tamomlagan Dildora Bazarova o‘z mehnat faoliyati davomida tuman FHDYo bo‘limlarida, tashkilotlarda huquqshunos-maslahatchi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2011-2012 yillar Toshkent Davlat Yuridik instituti "Kriminalistika" kafedrasi o‘qituvchisi, 2012-2013 yillarda Toshkent Davlat Yuridik instituti "Kriminalistika" kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi lavozimlarida ishlagan. 2013 yildan hozirgi kunga qadar esa mazkur kafedrada dotsent lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
    Dotsent Bazarova Dildora Baxadirovna mazkur oliygoh talabalariga "Krimina-listika", "Sud psixologiyasi" va "Jinoyatlarni tergov qilish usullari" fanlaridan mazmunli ma’ruzalar o‘qib, bo‘lajak huquqshunoslarga o‘zlarining qimmatli maslahatlarini berib kelmoqda.
    Dildora Baxadirovna kafedra yo‘nalishida o‘tiladigan fanlar bo‘yicha namunaviy va ishchi o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar tayyorlashda faol ishtirok etib, shu paytga qadar 50 dan ortiq o‘quv-uslubiy va ilmiy asarlar e’lon qilingan. Shulardan, 3 tasi o‘quv qo‘llanma, 3 tasi o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 1 tasi monografiya, 5 tasi ilmiy-ommabop  risola.
    2011 yil Toshkent Davlat Yuridik instituti huzuridagi ixtisoslashgan kengashda Jinoyat huquqi va kriminologiya; jinoyat-ijroiya huquqi ixtisosligi bo‘yicha "Advokat kak uchastnik v dosudebnix stadiyax ugolovnogo protsessa" mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Hozirda esa "Obespechenie garantiy prav uchastnikov ugolovnogo protsessa" mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
    Dildora Bazarova universitetdagi mehnat faoliyati davomida intizomli va zimmasiga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajaradigan mas’uliyatli xodim sifatida tanilgan. U o‘zining samarali mehnatlari, insoniy fazilatlari, ilm yo‘lida olib borgan izlanishlari bilan huquqshunos olima va tajribali pedagog sifatida hurmat-e’tiborga sazovor. Unga qalbi pok, fe’li keng, ilmiy salohiyati yuksak ayol, olima deya ta’rif berishadi.
    Dildoraxon oilali, uch farzandning mehribon onasi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar70



Tabiiy fanlar10



Filologiya10