O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Ahmedova Buvsora Majidovna

    Respublikamizda ilm-fan taraqiyotiga ulkan hissa qo‘shayotgan olima ayollar juda ko‘p. Samarqand davlat  arxitektura  qurilish instituti “Tillar” kafedrasining  mudiri , filologiya  fanlari nomzodi Buvsora Axmedova shunday zahmatkash olimalardan biri . Aslida  ilm  bilan shug‘ullanish igna bilan quduq qazishdek gap. Ancha-muncha mashaqqatlar, uyqusiz tunlar va izlashida o‘tgan lahzalar evaziga  inson biror muvaffaqiyatni qo‘lga kiritishi mumkin.Bunday qiyin damlarda buvsora Ahmedova bardoshli va sabrli bo‘la olgan , diliga tukkan ezgu niyat va katta maqsadlari yo‘lida dadil boravergan, oxir-oqibat mehnatlari samara bergan.

         -Olima avvalo izlanuvchan bo‘lmog‘i kerak, shuningdek  tashkilotchilik , tashabbuskorlik va fidoyilik  xislatlari ham uning fe’lida qaror topishi lozim. Bir so‘z bilan  aytganda ilm kishisi ko‘plab shogirdlarga  murabbiylik  ham qilishi  kerak. Men huddi  shu yo‘ldan bordim,-deydi Buvsora Majidovna.

          Buvsora Ahmedova 1957 yil Samarqand shahrida tug‘ilgan. Maktabni  tamomlagach Samarqand davlat  universitetining chet tillar fakultetida tahsil olgan.

          1988 yildan boshlab  Samarqand davlat arxitektura institutida ishladi. 1998 yilda Toshkentda   davlat jahon tillari universiteti qoshidagi ixtisoslashgan  ilmiy  kengashda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi . Keyinchalik  ko‘plab  o‘quv  o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar  hamda ilmiy maqolalar  chop ettirdi. Bu qo‘llanma  va maqolalarda fan rivojiga  oid  dolzarb muammolar tilga olib o‘tilgan.

          2005 yil oktyabr oyidan buyon  Buvsora Majidovna Samarqand arxitektura  qurilish  institutining “Tillar” kafedrasi mudiri  sifatida  faoliyat yuritib kelayotir. Uning  ishdagi masuliyati , yosh olimlar  ijodiga  jonkuyarligi, zamon bilan  hamnafas va hamqadam yashayotganligi maqtovlarga loyiqdir. Yaxshi fazilatlari  bilan hamisha  o‘zgalarning mehriga sazovor bo‘lib, el-yurt ishonchini  qozonib kelmoqda .

            Insonning hayotida  baxtli lahzalar ko‘p bo‘ladi. Lekin  ana shunday lahzalarni hayoldan  o‘tkazganda  ularning ayrimlarigina kishiga bitmas-tuganmas  zavq –shavq ato etadi. Buvsora Majidovna ilm  bilan  mashg‘ul bo‘lgan  damlarini  hayotini eng  go‘zal lahzalari deb  biladi. Bu lahzalar  unga  rohatu  farog‘at  baxsh etadi, jamiyat ravnaqiga va ilm taraqqiyotiga yetarlicha  hissa  qo‘shayotganiini mana shu lahzalarda yanada teran tushuna boshlaydi...

          Bugungi kunda Buvsora Ahmedovaning xonadoni chinakkam manoda ziyolilar oilasidir. Bu xonadonda voyaga yetgan uch farzand  va endilikda ilmga chanqoq bo‘lib yashayotgan besh nafar nabiralar  ham  o‘zlarini el-yurt xizmatiga chog‘lashayapti.

        “Olimlar xizmati mangu qoladi” degan ibora bor. Shu o‘rinda aytish joizki , ajoyib olima Buvsora Ahmedovaning ilm-fan rivoji yo‘lidagi xizmatlari kelgusi avlodlar  uchun ibrat bo‘lib qolajak

Zero shoir aytganidek:

                       Siz shunday insonki, bemisl,tanho,

                       Asl yuragingiz gardsiz, beg‘ubor.

                       Siz baxtli ayolsiz, chunki sizdagi-

                       Samimiy , pok qalbning o‘zi betakror.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya80