O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Em Maya

    O‘z obro‘si va e’tiboriga ega bo‘lgan ustoz Em Maya 1954 yilda Sirdaryo shahrida tug‘ilgan. Oqila qiz maktabda o‘qib yurgan kezlaridayoq nemis tilini bilishga qiziqgan, darsda faol qatnashgan. Kelajakda shu til mutaxassisi bo‘lish niyatida o‘qituvchisidan ko‘plab qo‘shimcha saboqlar olgan. Chunki til bilish inson uchun katta imkoniyatlar yaratishini oldindan bila olgan. Til millatlarning o‘zaro aloqa vositasigina emas, o‘sha millat tarixini, uning urf - odatlarini o‘rganish uchun ham muhim manba bo‘lganiga aqli yetgan. Shu bois shahardagi 2 - o‘rta maktabni muvaffaqiyatli tamomlab, to‘g‘ri Toshkent Davlat Chet tillar pedagogika institutining nemis tili fakultetiga o‘qishga kirgan. 1976 yili nemis va ingliz tili o‘qituvchisi diplomini olgan.
  Mayaxonim 1976 — 1977 yillarda Jizzax shahridagi 65 - o‘rta maktabda o‘z fanidan dars bergan. 1977 yilning yangi o‘quv yili boshida Jizzax politexnika institutiga ishga o‘tgan. Bundan asosiy maqsadi ham til sohasida ilmiy ish olib borish, ham uni tajribada amalga oshirish edi. U institutda dastlab laborant, assistent vazifalarida ishlay boshladi. So‘ng katta o‘qituvchi va dotsent darajasiga yetdi. 1987 yili “Frazeologiya nemetskogo yaziyka v kratkom dvuyaziychnom slovare” (Nemis tili materiallari asosida) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Olima - ustozning qirqdan ortiq ilmiy va uslubiy ishlari nashr qilindi.
  Em Maya 1989 yildan hozirgacha institutning o‘zbek va chet tillari kafedrasi mudiri, yoshlarning sevimli ustozi. Mayaxonim oilali, uning ikki farzandi bor. Oilaviy baxt va mehnat baxti unga doimo yor bo‘lsin! Biz unga yuksaklik tilaymiz!  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5