Filologiya fanlari nomzodi, dotsent
1945 yil 31 martda Namangan viloyatining Zadaryo tumanida tug‘ilgan. 1961 yilda o‘rta maktabni tamomlab , Toshkent davlat chet tillar instituti neims tili fakultetiga o‘qishga kirdi.O‘qishni imtiyozli bitirib, 1966 yildan Farg‘ona davlat pedagogika institutining nemis tili kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ish boshladi. U o‘zining tashkilotchilik , mehnatsevrlik va odamiylik kabi insoniy fazilatlari bilan hamkasblari o‘rtasida katta obro‘ va e’tiborga sazovor bo‘ldi.
1978 - 1983 yillarda Toshkent davlat chet tillar instituti aspiranturasida o‘qib, ilmiy izlanishlar olib bordi va 1985 yili “Slojnqe politiko - ekonomicheskie termin “Kapitale” K.Marksa i ix ekvilantiv uzbekskom yazike” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqqiyatli himoya qilib, filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.
Ko‘p yilliuk mehnat faoliyati davrida talabalar o‘rtasida ma’naviy - ma’rifiy , ilmiy - uslubiy mavzularda respublika, viloyat gazeta va jurnallarida o‘z maqolalari bilan qatnashgan, bir necha metodik qo‘llanmalar muallifi.
Xalq maorifi a’lochisi unvonini olgan.O.Ermatov nemis tili kafedrasi mudiri, xorijiy tillar kafedrasi mudiri, xorijiy tillar kafedrasi mudiri va bir necha yillar dekan muovini lavozimlarida ishlagan.
2005 yil 60 yoshida vafot etgan.